"CHelsi" asosiy himoyachilaridan biri bilan shartnomani uzaytirmoqchi
28 avg 2021 08:58
Yangiliklar
"CHelsi" asosiy himoyachilaridan biri bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"CHelsi" himoyachi Andreas Kristensen bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Klub 25 yoshli daniyalik futbolchi bilan to'rt yilga mo'ljallangan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Tomonlar so'nggi vaqtlarda muzokaralarda jiddiy o'sishga erishishdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Kristensen joriy mavsum 3ta o'yinda maydonga tushdi. U jamoasi bilan UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi.
Fikrlar