“CHelsi”, “Arsenal” va “Lacio” CHalxano'g'liga qiziqmoqda
11 iyu 2017 22:54
Yangiliklar
“CHelsi”, “Arsenal” va “Lacio” CHalxano'g'liga qiziqmoqda
“Bayer” yarim himoyachisi Hoqon CHalxano'g'li keyingi faoliyatini Angliya yoki Italiyada davom ettirishi mumkin.
23 yoshli futbolchi bilan “CHelsi,” “Arsenal” va “Lacio” qiziqmoqda, deya xabar bermoqda Sky Sports.
“CHelsi” anchadan buyon ushbu futbolchini kuzatib kelmoqda. Ammo “Arsenal” va “Lacio” futbolchiga ko'proq o'yin amaliyoti taqdim etish sharti bilan o'zi tomonga og'dirmoqchi.
Eslatib o'tamiz, CHalxano'g'li fevral oyidan buyon maydonga tushmayapti. FIFA uni transfer qoidalarini qo'pol tarzda buzgani uchun mavsum yakunigacha diskvalifikaciya qilgan edi.
Fikrlar