“Chelsi” APLda so'nggi 21 yil ichidagi noxush natijasini qayd etdi

27 dek 2019, 08:10
“Chelsi” APLning 19-turi doirasida o'z uyida “Sautgempton”ga 0:2 hisobida yutqazdi.

Bu Frenk Lempard jamoasining ketma-ket o'z maydonida APL doirasida qabul qilgan ikkinchi mag'lubiyatidir. Londonliklar 17-tur bahsida o'z uyida “Bornmut”ga ham yutqazgandi - 0:1.

Shu tariqa “Chelsi” APLda so'nggi 21 yil ichida ketma-ket ikkita uy uchrashuvida ilk bor bitta ham gol urmasdan mag'lub bo'ldi. Bunday holat klub bilan so'nggi bor 1998 yil fevral-mart oylarida Janluka Vialli qo'l ostida qayd etilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live