So’nggi yangiliklar

08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  7 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  10 07:37БАА чемпионати. «Шабаб Ал Аҳли» меҳмонда мағлуб бўлди. Ғаниев захирадан майдонга тушди ва ассист қайд этди  0 04:45Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Манчестер Сити" - "Реал Мадрид" 1:1 (Пенальтилар 3:4)   9 04:40Чемпионлар лигаси 1/4 финал. "Бавария" - "Арсенал" 1:0   2 04:35ОЧЛ. "Ал Айн" - "Ал Ҳилол" 4:2   0 04:25U-23 Осиё кубоги. Вьетнам - Кувайт 3:1   0 02:50ЕЧЛ. "Реал Мадрид" пенальтилар сериясида "Ман Сити"ни мағлубиятга учратиб, ярим финалга йўл олди! Финал остонасидаги рақиб - "Бавария"  392 01:56ЕЧЛ. Киммихнинг голи "Бавария"ни ярим финалга олиб чиқди  32 01:00"Манчестер Юнайтед" форварди ёзда клубни эркин агент мақомида тарк этади  2 23:54Малайзия ОТЖ бош мураббийи: "Бугун мусобақанинг энг кучли жамоаларидан бирига қарши ўйнадик"  0 23:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Малайзия 2:0   1 23:24ОЧЛ. "Ал Айн" кутилмаганда ярим финалнинг илк ўйинида "Ал Ҳилол"ни мағлуб этди  18 23:22"Манчестер Сити" — "Реал". Таркиблар маълум  29

"CHelsi" akademiyasi - iqtidorlar konveyeri Yangiliklar

"CHelsi" akademiyasi - iqtidorlar konveyeri

APL jamoalarining yarmida "CHelsi" akademiyasi futbolchilari to'p tepadi.

London klubi so'nggi 10-15 yilda Evropaning eng "serhosil" maktablaridan biriga aylandi. Agar Evropa top-ligalariga nazar tashlasak, "CHelsi" akademiyasidan ikkita kuchli yosh futbolchilar ro'yxatini tuzish mumkin. Quyida asosiy tarkibga kirgan tarbiyalanuvchilarni ko'rishingiz mumkin:


Kimlardir jonajon klubining boshlang'ich tarkibidan o'rin olib ulgurgan: Maunt, Kristensen, Ris Djeyms, Kallum Xadson-Odoi, Trevo CHaloba va Ruben Loftus-CHik. Yana kimdir esa tajriba orttirish maqsadida ijarada to'p tepadi. Masalan, Billi Gilmor "Norvich" asosiy tarkibida, Konor Gallaxer esa ketma-ket ikkinchi mavsum klubi APLdan tushib ketmasligi uchun jamoasiga yordam bermoqda — o'tgan yili "Vest Brom"da o'ynagan, bu yil esa "Kristal Pelas" sharafini himoya qilmoqda.



Ro'yxatdagi boshqa transferlar esa "CHelsi"ga jami 122 mln funtdan ko'proq foyda olib kelgan. Agar "Lokomotiv" Anjorinni sotib olsa, summa 140 mlngacha ko'tariladi. Fakt: Transfermarkt malumotiga ko'ra, ikki tarkibning narxi yarim milliard evrodan oshadi.

Bu kattalar futbolida porlagan 25 yoshgacha bo'lgan futbolchilarning bir qismi xolos (Jamal Blekmen (27 yosh) va Natan Ake (26 yosh) — istisno tariqasida). SHuningdek, yana Rayan Bryuster ("SHeffild Yunayted", Dominik Solanke ("Bornmut"), Itan Ampadu ("Veneciya"), Armando Broya ("Sautgempton"), Ian Poveda ("Lids") va boshqalar ham bor.


Akademiyaning siri — xodimlari juda yaxshi. Tarbiyalanuvchilar murabbiylarni, agentlar esa skautlarni maqtaydi

Avval ham akademiyaning mashhur tarbiyalanuvchilari bo'lgan — afsonaviy Jon Terri, Grem Le So va Karlton Koul, Mazzi Izzet va Frenki Sinkler (APL tarixidda eng kulgili avtogollar muallifi). Biroq Roman Abramovich kelganidan keyingina yulduzlar etishtirib berila boshlangan.

Eng asosiy ijodkor — yoshlar jamoasi tizimi boshlig'i Nil Bat. Aynan u klubni yosh futbolchilarni rivojlantirish dasturiga 100 mln funtdan ko'proq sarmoya kiritishga ishontirgan va 15 yil davomida uni takomillashtirgan. Uning davrida yoshlar jamoasi Kobxemdagi mashg'ulot markazidagi asosiy jamoaga yaqinroq bo'ldilar. Bunga sabab, shu yo'l bilan yoshlar o'zini bazaga yaqin ekanini his qilar va murabbiylar ham yoshlarni kuzatib, iqtidorlilarini tanlab olish imkoniyatiga ega bo'lardilar.



Skautlar tarmog'i nafaqat Londonda, balki butun Evropa bo'ylab kengaytirildi. Aynan "CHelsi" akademiyasi vakillari eng ishonchi hisoblanadi hamda futbolchilariga eng yaxshi sharoitlarni taklif qiladi. Masalan, yosh iqtidor sohibi CHarli Musonda allaqachon "Barselona" tomon otlangandi, ammo londonliklar biroz ayyorlik qilib, maktabga uning ikki ukasini ham chaqirib olishdi. Ulardan biri hozir "CHelsi" tizimida skaut bo'lib faoliyat yuritmoqda. "Ular o'yinchini qo'lga kiritish uchun hamma narsaga tayyor", — deydi "The Independent" nashriga londonlik yoshlar bilan ishlagan agentlardan biri. — Boshqalar uddalay olmaydigan takliflarni aynan "CHelsi" berishini hamma yaxshi biladi".

Tarbiyalanuvchilar akademiya murabbiylarini juda ham yaxshi ko'rishadi. "Aslida "CHelsi" maktabini o'ziga xos qiladigan aynan — murabbiylardir, — deydi Anjorin "The Indepenent" nashriga bergan intervyusida. — Ular shunchaki o'z sohasining ustasi. U6 va maktab o'quvchilari uchun yozgi lagerdan boshlab, U23 gacha bo'lgan yoshlar jamoalariga qadar. Ular — texnika, taktika va jismoniy forma tomondan ham Evropada eng yaxshisi".



Anjorinning so'zlari oxirgi 10 yil ichida titullar bilan o'z tasdig'ini topdi — Premer Liga 2dagi ikkita g'alaba (U-23 jamoalari uchun turnir) va yoshlar CHempionlar Ligasi (ikki bor finalga chiqish). 2013 yildan 2018 yilga qadar "CHelsi" yoshlari Angliya yoshlar Kubogini hech kimga berishmadi.


So'nggi yillardagi avlod asosan Lempard sharofati bilan "o'ynab keta oldi". Abramovich asosiy tarkibda 6 tarbiyalanuvchi bilan o'ynashni orzu qiladi

To'g'ri, uzoq vaqt davomida klub o'z tarbiyalanuvchilarini asosiy tarkibga biriktirishda muammolarga duch kelgan. Va bu vaziyatda transferlarga qo'yilgan cheklov yordam berib yubordi. Qiziq tomoni, "CHelsi" aynan akademiya uchun xarid qilingan yosh futbolchilar uchun ushbu taqiqqa uchradi. Transferlarga taqiq va Lempardning kelishi ikki mavsum ichida bir yo'la 10 nafar tarbiyalanuvchi asosiy jamoa safida debyut qilishini taminladi. Bu kabi yirik qamrovdagi ishonchni "CHelsi"ning XXI asrdagi biror bir murabbiyida ko'rmagandik.

Agar Lempardning sobiq yordamchisi Eddi Nyutonning (u ham "CHelsi" akademiyasi tarbiyalanuvchisi) so'zlariga ishonadigan bo'lsak, Roman Abramovichning bir orzusi bor — olti nafar tarbiyalanuvchi bo'lgan tarkib bilan ECHL va APLda g'olib bo'lish. ECHL-2021 finalida asosiy tarkibda faqat ikki futbolchi – Maunt va Jeyms maydonga tushdi, yana uch nafari (Kristensen, Gilmor, Xadson-Odoi) zaxirada qoldirildi.



Tuxel hozircha akademiya bitiruvchilariga u qadar ishonch bildirmayapti (shu yoz ko'pchilik sotib yuborildi, Gilmor va Gallaxerni ijaraga berib yuborishdi), ammo yoshlarni ko'proq o'ynatishga vada beryapti: "Asosiy jamoa eshiklari doimo ochiq. Men yosh futbolchilarni yoqtiraman. Muxlislarga ham bu kabi sportchilar maqul keladi. Katta jamoa yaratish uchun xorijlik futbolchilar ham, futbol yulduzlari ham, akademiyadan chiqqan mahalliy yigitlar ham zarur".

Eslatib o'tamiz, bugun Toshkent vaqti bilan 21:30da "Brentford" - "CHelsi" uchrashuvi bo'lib o'tadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика