So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  0 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  6 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  1 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  65 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

CHecheniston rahbariyati "Axmat" o'yiniga kelmagan talaba va rektorlarni haydab yubormoqchi Yangiliklar

CHecheniston rahbariyati "Axmat" o'yiniga kelmagan talaba va rektorlarni haydab yubormoqchi

CHecheniston rahbariyati Rossiya chempionatining 15-tur uchrashuvlaridan o'rin olgan "Axmat" - "Anji" bahsida stadion to'lishini istashmoqda.

Grozniydagi talabalarning so'zlariga ko'ra, o'yinga tushmagan o'quvchi va rektorlar haydalishi mumkin.

14 sentyabr kuni, "Spartak" "Axmat"ni mag'lub etgan bahsdan bir kun o'tib CHecheniston rahbariyati vakili CHencheniston davlat universitetida (CHDU) yig'ilish o'tkazgan.

"Vakil uchrashuvda muxlislar ayniqsa CHDUdan odam kam kelganini aytdi.

U vatanparvarlik yo'qligini aytib, bahsga bormaganlarning ro'yxatini so'ragan.

SHunday ish yana takrorlarsa rektor ishdan haydalishi mumkin" - deydi CHDU talabasi.

"30 oktyabr kuni "Axmat-Arena"da jamoamiz va Anji o'rtasida bahs bo'lib o'tadi. Hamma borishi kerak ekan o'yinga.

Aks holda juda katta muammolar bo'lishini aytishdi" - deydi yig'ilishning yana bir ishtirokchisi.

"Har bir universitet, texnikumga alohida sektor va belgilangan miqdorda joy ajratiladi. SHahar meriyasida joylab bo'lib beriladi. Qaysi talim muassasasidan odam kam kelganini bilish uchun sektorga nazar tashlashning o'zi etarli.

"Axmat-Arena" o'z bag'riga 30 ming kishini sig'dira oladi, shunday ekan boshqa tashkilotlar ham odam ajratishi kerak" - deydi CHecheniston talim vazirligi xodimi Vohid.

Reyting: -24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика