"CHarm to'p-2019". Respublika bosqichida finalchilar aniqlandi
28 avg 2019 11:59
Yangiliklar


"CHarm to'p-2019". Respublika bosqichida finalchilar aniqlandi
Navoiyning "Kelachi" jamoasi Qashqadaryo "Oqqamish" jamoasini 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ikkinchi yarim finalda esa Toshkent shahrining "Iqbol" jamoasi Namanganning "Navkent" jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Penaltilar seriyasida esa omad "Iqbol" tomonida bo'ldi.
Finalda "Navbahor" va "Iqbol" jamoalari to'qnash kelishadi. Hal qiluvchi bahs bugun, 28 avgust kuni "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadi.
“CHarm to'p-2019”. Yarim final:
“Oqqamish” (Qashqadaryo) – “Kelachi” (Navoiy) – 2:4
“Iqbol” (Toshkent sh.) – “Navkent” (Namangan) – 1-1 (5-4)
Bugun soat 18:00da “Milliy” stadionda boshlanadigan final o'yinida Navoiy viloyatining “Kelachi” hamda Toshkent shahrining “Iqbol” jamoalari ilk bora tashkil etilgan “CHarm to'p-2019” ananaviy futbol turniri g'olibini aniqlab beradi.
Eslatib o'tamiz, final o'yini oldidan muxlislar teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari hamda o'yindan so'ng o'zbek estrada yulduzlari ishtirokidagi koncert dasturidan bahramand bo'lishadi.
Barchangizni ushbu futbol bayramiga taklif qilamiz!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar