Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada iyun-iyul oyining eng yaxshilarini aniqladi
07 iyu 2022 14:40
Yangiliklar
Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada iyun-iyul oyining eng yaxshilarini aniqladi
Ovoz berish jarayonida Transfermarkt xodimlari va "Championat.asia" sayti tahririyati ishtirok etdi. Qolaversa, AGMK, "Bunyodkor" va O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Kamoliddin Murzoev ham ekspert sifatida qatnashdi. Murzoev ayni paytda O'zbekiston Futbolchilar uyushmasi raisi sifatida faoliyat olib boradi.
Superligada iyun-iyul oylarining eng yaxshi murabbiyi deya "Olimpik" ustozi Timur Kapadze topildi. Uning qo'l ostidagi jamoa AGMKni mag'lub etdi (1:0) va uchta durang qayd etdi, jumladan, "Nasaf" (2:2) va "Navbahor" (1:1) singari kuchli jamolarga munosib qarshilik ko'rsatdi. Ovoz beruvchilarning 53 foizi Kapadzeni tanladi. "Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan 26 foiz ovoz bilan ikkinchi o'rinni egalladi.
Oyning eng yaxshi futbolchisiga ovoz berish yakunlariga ko'ra, "Navbahor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov (43%) g'olib deb topildi. Iyun va iyul oylaridagi uch uchrashuvda Iskanderov ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi. Ikkinchi o'rin esa "Nasaf" vingeri Oybek Bozorovga nasib etdi.
Fikrlar