So’nggi yangiliklar

14:15"Ювентус" узумзор акс этган формасини тақдим этди  0 13:42Суперлиганинг 21-турини ўтказиб юборадиган футболчилар рўйхати  0 13:19Роналду 30га кирганидан сўнг Португалия сафида 89 та гол урди  7 12:37Ибраима Конате "Ливерпуль"га уч марта "йўқ" деди. Клуб унинг "Реал"га ўтишига кўниб бўлди  7 12:15Бразилия ЖЧ саралашида 5-ўринни эгаллади – бу тарихидаги энг ёмон натижа  3 10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  6 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  10 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  22 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  18 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  6 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  11 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  14 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  17 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada avgust oyining eng yaxshilarini aniqladi Yangiliklar

Championat.asia va Transfermarkt hamkorlikda Superligada avgust oyining eng yaxshilarini aniqladi

Transfermarkt va Championat.asia O'zbekiston Superligasida yana bir oy yakunlarini sarhisob qildi

Ikki sayt hamkorligi doirasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ovoz berishda Championat.asia xodimlari va Transfermart portalining rus tilidagi versiyasi muharrirlari ishtirok etdi. Qolaversa, Toshkentning “Lokomotiv” klubi sobiq ustozi Denis Korostichenko va O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi, bugungi kunda murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanayotgan Baxtiyor Ashurmatov mutaxassis sifatida ishtirok etdi.


Timur Kapadze ketma-ket ikkinchi marta Superligada oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Uning qo'l ostida “Olimpik” “Surxon” (5:0) va “So'g'diyona”ni (1:0) mag'lub etgan bo'lsa, yana ikki uchrashuv – “Qo'qon” hamda “Paxtakor”ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvlar bir xil 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. Kapadze 53% ovoz olib, eng yaqin taqibchisi “Navbahor”dan Samvel Babayanni 26% ortda qoldirdi.




Keskin kurashda “Navbahor” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi. U “Olimpik” hujumchisi Otabek Jo'raqo'zievdan bor-yo'g'i bir ovoz oldinda edi. To'rtta o'yinda Iskanderov “gol+pas” tizimi bo'yicha 1+1 hisobini qayd etdi. U “Navbahor”ning O'zbekiston kubogi yarim finaliga chiqishiga ham yordam berdi. 1/8 finalda “Olimpik”ga qarshi o'yinda o'z hisobiga (1:0) golli uzatma yozib qo'ygan bo'lsa,  “Paxtakor” bilan chorak final o'yinida (2:1) dubl qayd etdi.



Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика