"Championat.asia" Toshkent viloyati futbol federatsiyasi bilan hamkorlik qiladi

Narzulla Saydullayev
3 may 2016, 17:03
O'zbek futbolining barcha bo'g'inlarini imkon qadar batafsil yoritishga harakat qilayotgan saytimiz bu borada yana bir muhim qadamni tashladi.

"CA" bundan buyon Toshkent viloyati futbol federatsiyasi bilan hamkorlik qiladi. 70-yillarda "Paxtakor" libosida to'p tepgan Shamil Yafarov rahbarlik qilayotgan mazkur tashkilot poytaxt viloyatida ommaviy futbolni rivojlantirish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan, bugungi kunda viloyat miqiyosida futzaldan tortib,  bolalar va faxriylar ligasi hamda chempionat (2-liga), kubok musobaqasi muntazam ravishda o'tkazib kelinmoqda. Qolaversa, har oyda bir marta turli yoshdagi bolalar uchun qator turnirlar ham yo'lga qo'yilgan. 27 yildan buyon o'tkazib kelinadigan "Hamyurtlar Kubogi", yani marhum "paxtakorchilar" Olim Ashirov, Vladimir Fyodorov va Mixail An xotirasiga tashkil qilingan musobaqa karnaval darajasiga ko'tarilgan.

Saytimiz endi Toshkent viloyati futbol federatsiyasi o'tkazadigan har bir turnirning natijalarini tezkorlik bilan batafsil tarzda yoritib borishga harakat qiladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia