Yilning eng yaxshi to'purari - Dragan CHeran
21 dek 2020 19:05
Yangiliklar


Yilning eng yaxshi to'purari - Dragan CHeran
"Championat.asia" sayti o'z ananasiga sodiq qolgan holda yilning eng yaxshilarini aniqladi.
Demak, yilning eng yaxshi to'purari - Dragan CHeran ("Paxtakor").
CHempionatimizda yaxshi saviyadagi legionerlar sanoqli. Lekin xorijliklar orasida yaqqol ajralib turadigan deb bemalol Dragan CHeranni aytsa bo'ladi. Albatta, CHerandek futbolchini o'z jamoasida ko'rishni har bir murabbiy xohlaydi. Serbiyalik to'purar mana bir necha mavsumdirki bir tekis o'yin ko'rsatib kelmoqda. 2019 yil 24ta gol urib to'purar bo'lgan CHeran, 2020 yil 21ta gol bilan u nomga sazovor bo'ldi. Dragan O'zbekistonda ikki marta to'purar bo'lgan birinchi legionerga aylandi.
CHeran Bobir Abdixoliqov (17ta gol), Igor Sergeev (16ta gol) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Superligadagi ko'rsatkichi: 26 o'yin, 2072 daqiqa, 21 gol, 8ta golli pas.
"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi darvozaboni - Abduvohid Nematov
"Championat.asia" talqini: Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi - Husayin Norchaev
O’xshash yangiliklar

Fikrlar