So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  0 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

"Championat.asia" nashri xodimlari Falastin, Iordaniya va Tojikistonga safar qiladi Yangiliklar

"Championat.asia" nashri xodimlari Falastin, Iordaniya va Tojikistonga safar qiladi

Saytimiz Siz aziz futbol muxlislariga "qaynoq" va muhim xabarlarni voqea joyidan etkazib berish uchun JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi ikkita o'yinga o'z xodimlarini yubormoqda.

Vatanimiz bosh jamoasining JCH-2022 saralash bosqichi doirasidagi ilk yurishi Falastinga qarshi kechadi. Safarda o'tadigan mazkur o'yinda saytimizning ikki nafar xodimi Gayrat Xasbiulin va Tolibjon Qosimov terma jamoa ishtirokidagi o'yinga oid barcha xabar va tafsilotlarni voqea joyidan yoritib boradi. SHuningdek, Iordaniyada o'tadigan Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvda ham saytimiz vakillari jurnalist sifatida ishtirok etishadi.

SHuningdek, saytimizga nafaqat yurtdoshlarimiz, balki qo'shni davlatlar Tojikiston va Qirg'izistondan ham futbol muxlislari tashrif buyurishadi. SHu boisdan saytimiz xodimlari SHahboz Beg'amov va fotomuxbir Jahongir Fayzullaev Markaziy Osiyo derbisi, JCH-2022 saralash bosqichining "F" guruhidan o'rin olgan Tojikiston - Qirg'iziston uchrashuvida ishlashadi. 

Markaziy Osiyo derbisi maqomidagi mazkur principial qarama-qarshilik muxlislarda katta qiziqish uyg'otmoqda. SHu tufayli qo'shnilarimizning o'zaro bellashuvini yoritib, o'yin atrofi va uchrashuv tafsilotlari haqida xabardor qilish maqsadida saytimiz xodimlari bo'lajak o'yin uchun akkreditaciyadan o'tishdi. 

O'zbekistonlik mutaxassis Usmon Toshev boshqaruvidagi Tojikiston va rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin boshchiligidagi Qirg'iziston terma jamoalarining mazkur bahsi qiziqarli va murosasiz o'tishiga shubha yo'q. 

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamizning Falastinga qiladigan safari va Iordaniyada o'tadigan Iroqqa qarshi bahs esa haftaning eng muhim voqeasiga aylanadi. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasiga JCH-2022 Ikkinchi saralash bosqichi "D" guruhida Falastin, Saudiya Arabistoni, Yaman va Singapur raqiblik qiladi. Dastlabki turda Singapur Yamanni qabul qilsa, O'zbekiston Falastinga safar qiladi. Saudiya Arabistoni esa birinchi turda dam oladi. Ikkinchi turda esa vakillarimiz o'yin o'tkazishmaydi va oraliqdagi bo'sh oynani o'rtoqlik bellashuvi bilan to'ldirishadi. Falastindagi o'yindan keyin vakillarimiz o'sha erga yaqin bo'lgan Iordaniyada Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

FIFA kunlari munosabati bilan boshlanajak yangi mundialga ilk qadamlarni qo'yiladigan Qatar-2022 saralash bosqichi doirasidagi muhim bellashuvlarni saytimiz orqali kuzatishda davom eting! Biz esa Siz aziz futbol muxlislari voqea joyidan eksklyuziv malumotlar va "qaynoq" xabarlarni etkazib beramiz! Zero saytimiz faqat va faqat Siz aziz futbol ihlosmandlari uchun ishlaydi!


"Championat.asia" shiori: Orzu qiling, zavqlaning va bizni kuzating!

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика