So’nggi yangiliklar

00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  0 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  0 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0 23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  6 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  7 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1

Championat.asia jurnalistiga bosim qilingan o'yin haqida Yangiliklar

Championat.asia jurnalistiga bosim qilingan o'yin haqida

Coca-Cola Superliga 18-turining markaziy uchrashuvi Jizzaxda o'tkazildi.

Ulug'bek Baqoev dastlabki bo'limda SHohruz Norxonov, Jasur Hasanov va Javohir Qahramonov singari etakchilarga dam berishga qaror qildi. SHu tufayli bo'lsa kerak, o'yin boshidan tashabbus mehmonlar tomonga o'tib ketdi. Aniqroq aytsak, dastlabki bo'lim Asad Sobirjonovning foydalanolmagan imkoniyatiyu hisoblanmagan goli, Diyorjon Turopovning darvoza to'sinini poylashi va Jokichning darvozagacha bormagan zarbasi bilan esda qoldi.

2-taymda "So'g'diyona" etakchilarining maydonga tushishi bilan mezbonlar g'alabani ilib ketishga yaqin kelishdi. Norxonov bilan Hasanov manziliga yo'llangan uzun paslar "Navbahor" jarima maydonida sarosima yuzaga keltirdi. Qahramonovning burchakdan yo'llagan zarbasi golga aylanishiga oz qoldi. Oxirgi vaziyatda Jo'rabekov mehmonlar darvozasi oldidagi Nasriddinovni "ko'rsa", Daniel o'zini alam bilan erga otish o'rniga xursandchilikdan osmonga sakrashi mumkin edi. 

Darvozabonlarning mahorati va foydalanilmagan vaziyatlar yashil maydonda do'stlik g'alaba qilishini taminladi. Ammo...

Stadion tashqarisidagi voqealar haqida bunday fikr yuritib bo'lmaydi. Mahalliy muxlis matbuot anjumaniga kirish oldidan Samvel Babayanni haqorat qildi. O'sha nuqtada kichik janjal yuzaga kelib, ishqibozni xavfsizlik xizmati xodimlari olib ketishdi. Bu voqealarni tasvirga olib turgan Championat.asia muxbiriga 3 kishi ("Navbahor" rasmiysi, boshqa rasmiyning qo'riqchisi, namanganlik "jurnalist") bosim qilib, uning shaxsiy (!) telefonida "tozalash ishlarini" o'tkazdi. 

Biz shaharning darvozasi qaerdaligini unutib qo'ygan shaxslar masalasini boshqa joyda hal qilamiz. Lekin shu joyida PFL va O'FA manziliga kichkina savol tug'ilyapti: 

1) Matbuot anjumanlaridagi provakacion harakatlari bilan "otning qashqasi"ga aylangan, bungacha bir necha bor jiddiy tarzda ogohlantirilgan, o'z vazifasini bajarayotgan hamkasbiga tashlanishdan ham tap tortmaydigan namanganlik "jurnalist"ning akkreditaciyasi bundan keyin ham faol bo'lib qolaveradimi?

2) Klub rasmiylarining ishi qo'mitada ham ko'rib chiqiladimi?

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика