CHalxanoglu jarohat oldi
17 fev 2020 23:39
Yangiliklar
CHalxanoglu jarohat oldi
"Milan" yarim himoyachisi Hoqon CHalxanogluning sog'lig'ida muammolari bor.
"Calciomercato" xabariga ko'ra, 26 yoshli xavbek mushaklaridan jarohat olgan va yaqin vaqtlar ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi. Hozircha uning safga qaytish muddati aniq emas.
CHalxanoglu bugun "Torino"ga qarshi bo'ladigan o'yinni o'tkazib yuboradi.
Ushbu mavsumda u "Milan" tarkibida A Seriyaning 21 o'yinida qatnashib, 3 gol urdi.
Fikrlar