CHalxanoglu "Milan" sabab Qatardan taklifni rad etdi
11 iyu 2021 13:51
Yangiliklar
CHalxanoglu "Milan" sabab Qatardan taklifni rad etdi
Turkiyalik xavbek Xakan CHalxanoglu "Milan" bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, yarim himoyachi Qatarning "Al Duhayl" klubidan jozibali taklif olgan. Klub Xakanga 3 yillik shartnoma va 8 million evrolik maosh taklif qilgan.
Ammo, turk rad javobini berdi va "rossonerilar" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
CHalxanogluning Milan grandi bilan tuzgan shartnomasi joriy oyning so'nggiga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 9ta assist qayd etdi.
Fikrlar