CHalxanoglu mashg'ulotlarga qaytdi
03 fev 2021 16:28
Yangiliklar


CHalxanoglu mashg'ulotlarga qaytdi
"Milan" yarim himoyachisi Xakan CHalxanoglu to'laqonli mashg'ulotlarga qaytdi.
Xavbek koronavirusga topshirgan musbat testi sabab 2 hafta davomida o'ynamadi. Futbolchi yanvar oyi so'nggida kasallikdan tuzaldi, 2 fevraldan esa umumiy guruhda to'laqonli mashg'ulotlarga qaytdi.
CHalxanoglu 7 fevraldagi "Krotone"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi mumkin.
26 yoshli xavbek joriy mavsumda 24ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 9ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar