So’nggi yangiliklar

13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  4 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5

"ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018. Bugun final Yangiliklar

"ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018. Bugun final

Toshkentda davom etayotgan "ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018 musobaqasida ishtirok etayotgan 2007 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun bugun musobaqaning final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"ChaCha" savdo belgisi ostida bo'lib o'tayotgan musobaqaning final bahsida "Odil Junior" "Spartak" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O'yin 18:00da boshlanadi.

Kecha bo'lib o'tgan yarim final uchrashuvida "Odil Junior" "Bunyodkor"ga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida zafar quchdi. "Spartak" esa "Kosonsoy"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Natijada har ikkala yarim final o'yinida mag'lub bo'lgan jamoalar bugun 3-o'rin uchun uchrashuvda o'zaro kuch sinashishdi. "Bunyodkor" va "Kosonsoy" futbolchilari o'rtasida kechgan bahsda yosh "qaldirg'ochlar" 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, 3-o'rin uchun kechgan bahsdan so'ng taqdirlash marosimi o'tkazildi. Bunda har ikkala jamoa futbolchilariga bir xil medallar va kubok topshirildi. Taqdirlash marosimida "Odil Junior" bolalar futbol maktabi taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurgan Italiyaning "Karpi" futbol klubi qoshidagi bolalar akademiyasi murabbiylari - Yakopo Kiaramoni bilan Adriano CHesarini ham ishtirok etishdi.

Aytib o'tganimizdek, bugun kechki payt 2007 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqaning hal qiluvchi final bahsi o'tkaziladi. O'yindan keyin odatga ko'ra jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi bo'lib o'tadi.

"ChaCha Mustaqillik kubogi"-2018. 2007 yilda tug'ilganlar

1/2 final. 17 avgust
"Spartak"-"Kosonsoy" 1:0
"Odil Junior" -"Bunyodkor" 2:1

3-o'rin uchun bahs. 18 avgust
"Bunyodkor" - "Kosonsoy" 2:1

Final. 18 avgust
"Odil Junior" - "Spartak"

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика