“Cementchi” yangi o'yinchilar kelishi davom etmoqda
15 jan 2015 12:15
Yangiliklar

“Cementchi” yangi o'yinchilar kelishi davom etmoqda
Abdumalik Xakimov va Ilxomjon Zaylobbiddinov birgaligida qaytadan barpo etilgan Quvasoyning “Cementchi” jamoasi yangi-yilning ilk kunlaridan o'z qarorgoxida kuniga ikki maxaldan tayyorgalik olib bormoqda.
Yangi mavsumda O'zbekiston birinchi liga baxslarida o'z o'rniga ega bo'lib muxlislar mexrini qozonishni maqsad qilgan, quvasoyliklar 9 yanvar kuni Kirgulidagi “Neftchi” stadionida “Neftchi” o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishib , 1-0 hisobida g'alaba qozonishdi.
Xozirda jamoa mashg'ulotlarida bir qator yangi o'yinchilar sinovdan o'tkazilmoqda “Neftchi”dagi o'yinlari bilan muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan o'yinchilar Azizxon Ibragimov ( "Metallurg") va Umidjon Boqiev ("Oq-tepa") , yosh iqtidorli o'yinchilardan Asliddin Soipov ("Neftchi"), Rustam Abduxamidov va Jo'rabek Yoqubov ("Qo'qon-1912"), SHerzod Abduraimov ("Mashal"), Umid Matmusav("Obod"), Elyor Mamasoliev ("Yozovon-lochinlari")lar jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda . Ularni harakatlari murabbiylarga maqul bo'lsa yangi mavsumni “Cementchi” safida boshlashlari mumkin. Murabbiylar shtabini kuchaytirish maqsadida “Cementchi”dagi o'yinlari bilan muxlislarga tanish bo'lgan xujumchi Abdug'affor Xakimov murabbiylar shtabiga qo'shildi. Yangilarni sinovdan o'tkazish davom etadi.
Islomjon Akbarov tayyorladi

Fikrlar