So’nggi yangiliklar

12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  3 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  2 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  5 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  4 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  14 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  19 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  5 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1 01:25ПСЖ "Марсел"ни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, Франция Суперкубогини қўлга киритди. Рамуш 95-дақиқада гол урди, Шевалье серияда иккита зарбани қайтарди  3

"Cementchi" stadionining bugungi holati FOTO Yangiliklar

"Cementchi" stadionining bugungi holati FOTO

Teglar :  Cementchi
O'tgan yili O'zbekiston birinchiligi ishtirokchilarining uy stadionlarini tanishtiruvini amalga oshirgandik.

O'sha vaqtda texnik sabablarga ko'ra, ayrim o'yingohlardan fotosuratlar taqdim qila olmaganmiz. Faqatgina taassurotlarimiz bilan o'rtoqlashganmiz. Bu yil endi tanishtiruvimizni boshqacha yo'nalishda amalga oshirmoqchimiz. Yani, fotosuratlar orqali stadionlarning bugungi holatini ko'rsatib berishga harakat qilamiz. O'tgan hafta xizmat safari bilan Farg'ona viloyatining Quvasoy tumanida bo'ldik. Safarimiz davomida shahardagi markaziy stadion "Cementchi"ni ham ko'zdan kechirdik.

Xabaringiz bor, mazkur o'yingoh "Cementchi" jamoasining uy stadioni hisoblanadi. Aytish mumkinki, birinchi ligada ishtirok etadigan boshqa klublarning uy stadionlari bilan solishtirganda faqat iliq fikrlarni bildirish mumkin. Stadionni ko'zdan kechirish jarayonida jamoalarning echinish xonasi tamirdan chiqarilganiga guvoh bo'ldik. Qolaversa, futbolchilarning o'yindan keyin yuvinib olishlari uchun issiq va sovuq suv borligi ham etiborimizni tortdi. Faqatgina hojatxonani echinish xonasida emasligini inobatga olmasa, jamoalar uchun barcha sharoitlar yaratib qo'yilgan. Qolganini fotosuratlar orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Furqatbek NISHONOV  




Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика