So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  115 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  3 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  55 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  22 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  1

“Cementchi” nazorat o'yinida g'alaba qozondi Yangiliklar

“Cementchi” nazorat o'yinida g'alaba qozondi

Teglar :  Cementchi
Bugun “Cementchi” jamoasi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Farg'ona shahridagi bolalar va o'smirlar sport maktabiga tegishli bo'lgan futbol maydonida yaqinda tashkil etilgan jamoamizning farm-klubi “Cementchi-2” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Asosiy jamoamiz asosan yoshlardan iborat “Cementchi-2” jamoasini 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Jamoamiz bosh murabbiyi Ilhomjon Zaylobiddinov ushbu nazorat uchrashuvining har ikkala bo'limlarida ikki xil tarkibni tushurib, jamoadagi barcha futbolchilarni ko'rikdan o'tkazib oldi. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlanishi arafasida, yani 45+1-daqiqada ushbu mavsumda “Qizilqum”dan yana “o'z uyiga” qaytgan jamoamiz to'purari Elyorbek Akbarov boshi bilan to'pga zarba berib raqiblar darvozasini tishg'ol qildi va o'yindagi hisobni ochdi.

Ikkinchi bo'limda o'rinbosarlarimiz hisobni tenglashtirgan bo'lsa, zahiradan maydonga tushgan jamoamizning yana bir mahoratli hujumchisi Nurlibek Talasboev dubl qayd etib hisobni 3:1 ko'rinishga olib keldi.



Uchrashuvda jamoamizning quyidagi futbolchilari ishtirok etishdi.

Birinchi bo'lim:
Dilmurod Mamayusupov, Davron Mamatov, Jo'rabek Yakubov, Asror Rahmonov, Oqilbek Mahmudov, Sardor Sotvoldiev, Umidjon Matmusaev, Otabek Axmadjonov, Fehruz Saloxidinov, Islom Karimov, Elyor Akbarov

Ikkinchi bo'lim: Ilhom Jumanov, Amirxon Ibragimov, Abduxoliq Qurbonov, Oqilbek Mahmudov, Jo'rabek Yakubov, Muhammadsulton Fozilov, SHojamshid Junaydullaev, Ravshan Tursunaliev, SHohruh G'aniev, Nurlibek Talasboev, Davron Isoqov

Ushbu futbolchilardan tashqari murabbiylarimiz bir nechta yoshlarni ham sinovdan o'tkazishdi. Endi jamoamiz azolari 27 yanvar kuni “Viloyat hokimi kubogi” doirasidagi “Norin” jamoasiga qarshi uchrashuvga tayorgarlik ko'radi.

“Cementchi” jamoasi matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика