So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

"Cementchi” jamoasidan muxlislar kutgan yangilik! Yangiliklar

"Cementchi” jamoasidan muxlislar kutgan yangilik!

Teglar :  Cementchi
"Cementchi" jamoasi yig'inni davom etdirmoqda. Mashg'ulotlar reja asosida o'tilmokda.

Futbolchilar kecha Quvasoyning adirli hududida 10 km masofaga kross yugurgan bo'lsalar, bugundan ikki mahallik mashg'ulotlarga o'tildi. Ertalab futbolchilar trenajor zalida shug'ullangan bo'lsa, tushlikdan so'ng  to'plar bilan mashg'ulot o'tkazildi.
 
Jamoamiz azolaridan Jamshid Qobulov va Baxodir Qodirov "Neftchi" yoshlar jamoasi tarkibida ko'rikdan o'tayotgan bo'lsa, Abdulla Abdullaev jamoa bilan tuzilgan shartnoma yakunlani sababli klubni tark etgan. Qolgan jamoa azolari mashg'ulotlarda ishtirok etishmokda.

O'z navbatida jamoaga yangi futbolchilar kelib qo'shilmokda.



Bugun jamoa yig'iniga barcha muxlislarimiz kutgan va o'zining ajoyib o'yinlari bilan barchaga yaxshi tanish bo'lgan, oliy liga azosi "Qizilqum" jamoasidan mahoratli hujumchi Elyorbek Akbarov va o'zining ajoyib driblinglari bilan Quvasoylik muxlislarda katta tassurotlar koldirgan, yana bir oliy liga vakili "Obod" jamoasida o'tgan mavsumda barcha uchrashuvlarda deyarli asosiy tarkibda harakat qilgan yarim ximoyachi Umidjon Matmusaevlar kelib qo'shildilar!  

Undan tashqari "Olmaliq" jamoasidan ximoyachi Ibrohimov Amirxon, 2-liga vakili "Fidokor" jamoasidan yarim himoyachi Tursunaliev Ravshan hamda mahalliy futbolchilardan Junaydullaev SHojamshid jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmokdalar.

"Cementchi” jamoasi matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика