So’nggi yangiliklar

14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  1 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  0 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  2 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  39 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  4 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  15 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  0 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  5 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  7 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  3 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4

Cementchi ham yangi yil tadbirini o'tkazdi Yangiliklar

Cementchi ham yangi yil tadbirini o'tkazdi

Teglar :  Cementchi
Birinchi liga qatnashchisi Quvasoyning Cementchi jamoasi ham kuni-kecha yil yakuniga bag'ishlab tadbir o'tkazdi.

Bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana avvalgi qaddini tiklab borayotgan Cementchi jamoasi joriy mavsum 4-o'rinni qo'lga kiritganini alohida etirof etish joizdir. Klub rahbariyati ortda qolayotan yilni yuqori kayfiyat bilan yakunlashni niyat qilib, jamoa azolariga bayram dasturxonini yozdi. Mazkur tadbir Farg'ona shahridagi muhtasham Roksana restoranida bo'lib o'tdi.


Tadbir tashkilotchilari bir qator mehmonlarni ham kechaga taklif etdi. Xususan shu kuni Quvasoy shahar hokimi, jamoa bosh xomiysi bo'lmish – Farg'ona Cement zavodi rahbari, shuningdek ushbu korxonaning xorijdagi investori, viloyat futbol Fedarciyasi vakillari hamda bir nechta OAV xodimlari ishtirok etdi.
Kechani taniqli boshlovchi, bugungi kunda jamoa boshligi sifatida ishlab kelayotgan Abdusamad Nazriddinov olib bordi. So'zga eng avvalo Quvasoy shahar hokimi Adhamjon To'xtasinov chiqib, poyoniga etgan mavsumda Cementchining ishtiroki qoniqarli bo'lgani va bu bilan cheklanib qolmasdan kelgusida yanada ijobiylikka intilish lozimligini aytdi. SHunga monand rahbariyat tomonidan jamoaga bo'lgan etibor va sharoitlar ham yaxshi tomonga o'zgarib borishini taminlashni takidladi.

Klub prezidenti Mo'ysinjon Mehmonov ham so'zga chiqib, Respublikamizda shu jumladan Farg'ona viloyatida futbolga bo'lgan etibor yuqori darajada ekanligini bildirib, bugungi kunda Farg'ona viloyatidan oliy ligada ikkita jamoa, birinchi ligada esa yana 2ta jamoa ishtirok etganini faxr bilan takidladi. Cementchi jamoasi ham uzoqni ko'zlab ish yuritayotganini, nasib qilsa yaqin yillar davomida Quvasoy jamoasini  elitaga qaytishini ishonch bilan aytib o'tdi.

Tadbirga mahalliy sanatkor Muqimjon Hakimov ham tashrif buyurib, o'zining bir qator diltortar qo'shiqlari bilan barchaga xushkayfiyat ulashdi. Ayniqsa Hakimovning Neftchi va Cementchi jamoalari uchun atab aytgan qo'shiqlari ko'pchilikni etiborini tortdi. Kecha boshlovchisi yana bir qator mehmonlarga so'z berib, ulaarning fikrlari bilan qiziqdi. SHuningdek tadbir davomida Cementchining joriy mavsumdagi ishtiroki videorolik orqali qisqacha taqdim etildi. Ushbu tadbir jamoa azolariga quvonch baxsh etdi. Kecha yakunida jamoa rahbariyati har bir futbolchi vam mehmonlarga o'zlarining arzimas sovglarini ulashdi. SHu tariqa Cementchi futbol klubi ortda qolgan mavsumni yuqori kayfiyatda tugatdi.

Islombek Rustambekov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика