“Cementchi” Bildirsoyda
02 avg 2016 10:38
Yangiliklar
“Cementchi” Bildirsoyda
Ushbu bosqichda murabbiylar yangi futbolchilarni nazoratdan o'tkazib jamoaning bo'sh chiziqlariga munosib nomzodlarni tanlab oldilar. Tarkibga yangi kelib qo'shilgan futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish asnosida jamoa bir qator nazorat o'yinlarida maydonga tushdilar. 17 iyul kuni Quvasoyda “Neftchi” jamoasi yoshlariga 0-1 hisobida imkoniyatni boy bergan bo'lsa, 20 iyul kuni Qo'qonda “Qo'qon 1912” jamoasi yoshlarini 2-1, 23 iyul kuni Quvasoyda ikkinchi liga vakili “Istiqlol” jamoasini 2-1, 27 iyul kuni Quvasoyda “Andijon” jamoasi yoshlarini 3-2 hisobida mag'lubiyatga uchratdilar.
"Cementchi" shanba kuni o'z qarorgohidagi so'nggi mashg'ulotlarni o'tkazdi. Yakshanba kuni jamoa azolari Toshkent safariga yo'lga otlanadilar. Ertalab futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tdilar. Tushdan so'ng jamoa tayorgarlikning ikkinchi bosqichini davom ettirish uchun Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi Bildirsoy tog'li hududiga junab ketdilar. Tayorgarlikning ushbu bosqichida ham bir qator nazorat o'yinlarini o'tkazish rejaga kiritilgan.
Zuxriddin Abdullajonov.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar