So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  1 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Canjar Rihsiboev: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinga 100 foiz tayyormiz" Yangiliklar

Canjar Rihsiboev: "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinga 100 foiz tayyormiz"

Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Obod" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv qiziqarli o'tishiga shubha yo'q.

1-turda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan klublar endi ochko yo'qotmaslik uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Biz uchrashuv oldidan mezbonlar yarim himoyachisi Sanjar Rihsiboevning fikrlari bilan qiziqdik.
 
- Aytishim kerak, "Qo'qon-1912"ga qarshi o'yinga barchamiz 100 foiz tayyormiz. Ertaga maydonga faqat g'alaba maqsadida chiqamiz va maqsadimizga erishishga harakat qilamiz. Namangandagi bellashuvdan keyin mazkur bahsga kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazib, tayyorgarlik ko'rdik. CHunki raqib jiddiy ekanligini, o'z oldiga yuqorini o'rinlarni egallashni maqsad qilib qo'yganini, tarkibida mahoratli futbolchilar borligi bilamiz. Ammo aytishadiku, maydonda nomlar rol o'ynamaydi, deb!

O'z maydonimizdagi birinchi bahs bo'lgani tufayli baribir qandaydir bosim bo'ladi, biroq biz bu bosimdan tezda chiqib ketishimizga ishonaman. "Navbahor"ga qarshi bellashuvdagi mag'lubiyatni unutdik. Barchamiz ertanggi bahsga ham ruhan ham jismonan tayyormiz. Birinchi turdagi mag'lubiyatdan so'ng xatolar ustida ishladik. Kamchiliklarimizni bartaraf etishga harakat qildik.

"Obod" matbuot xizmati


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика