So’nggi yangiliklar

19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  1 19:21Суперлига. "Андижон" "Динамо"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва Суперлигада ўрнини сақлаб қолди  12 19:09Денис Коростиченко: "Бунёдкор" захираси бизникидан кучлироқ экан"  0 18:47Туркия. Алиқулов жамоаси иродали ғалабага эришди  0 18:20"Ростов" сўнгги 15 дақиқаликдаги 2та гол туфайли ЦСКАдан ғалабани юлиб олди  7 18:00"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби!  3 17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  7 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  18 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  27

Cahovat dilni poklaydi yoxud Kamoliddin Kenjaevning ko'nglidagi gaplar Yangiliklar

Cahovat dilni poklaydi yoxud Kamoliddin Kenjaevning ko'nglidagi gaplar

Baxtsiz hodisa tufayli sog'ligidan ayrilgan Kamoliddin Kenjaevga bag'ishlab 22 noyabr kuni Qarshida katta tadbir o'tkazilishi rejalashtirilgan.
“Kenjaevni qo'llab-quvvatlash akciyasi” shu qadar keng ommalashib ketdiki, bugungi kunga kelib unga yordam qo'lini cho'zish istagida bo'lganlar soni tobora ortib bormoqda. Avvalo, ushbu tadbirni uyushtirishda jonbozlik ko'rsatayotgan hamkasbimiz Nodirxo'ja Yo'ldoshevga o'z minnatdorligimizni bildiramiz. Uning sayi-harakatlari evaziga Kamoliddinga moddiy va manaviy yordam ko'rsatish fondi ochildi. O'ylaymizki, shunday tashabbusdan so'ng Kenjaevning qalbida qanday so'zlar borligi sizni ham befarq qoldirmaydi.



“BUNDAY MEXRIBONCHILIK FAQAT O'ZBEKLARGA YARASHADI”
- Men bundan juda xursandman. Rostini aytsam, O'zbekistonda yaxshi insonlar bunchalik ko'p deb o'ylamagandim. Nodirxo'ja Yo'ldoshev, Mirjalol Qosimov, Ro'ziqul Berdiev kabi insonlarga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. “Andijon”, “Nasaf”, “Olmaliq”, “Paxtakor”, “Metallurg, “Bunyodkor” qo'yingki, barcha klublar ham meni qo'llab-quvvatlash istagini bildirishmoqda. Arzimagan mehnatimni shunchalik yuqori darajada qadrlashayotganini ko'rish men uchun quvonchdan boshqa narsa emas. SHuning uchun menga befarq bo'lmagan barcha-barchaga oilam nomidan rahmat aytaman. Bunday mehribonchilik aynan biz o'zbeklarga yarashadi. Yaxshi kunda ham, yomon kunda ham yolg'izlatib qo'ymaslik bu aynan o'zbeklarga xos bo'lgan xususiyat. SHuni ham aytmoqchi edimki, Davlatimiz rahbari Islom Abdug'anievich Karimovga ham o'zimning alohida minnatdorligimni bildirib o'tmoqchiman. U kishining sayi-harakatlari evaziga yurtimizga sportga bo'lgan etibor ortib ketdi. SHunga yarasha yoshlar o'zlariga bildirilayotgan ishonchni oqlashlarini istardim. Ular o'z ustida ishlashdan to'xtamasligi kerak. Qaysi jamoada to'p surishidan qatiy-nazar muxlislarning hurmatini qozonsin. Vatanning qadrini chuqur his qilishlarini xohlardim. O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonovga ham tashakkurimni bildirishim kerak. Umid qilamanki, tashkil etilayotgan tadbir ajoyib ko'rinishda o'tadi.

“TADBIR UYUSHTIRILISHINI KUTGANDIM”
-   Bunday bo'lishini kutgandim. Negaki, 5-6 yil ilgari Mirabror Usmonov uyimga odam jo'natgandi. O'shanda Bobur Haydarov, Noil Lufulin mening holimdan xabar olishgandi va bundan boshim osmonga etgandi. CHunki moddiy tomondan qo'llab-quvvatlash maqsadida mablag' xayriya qilishgandi. Yana shuni ham aytmoqchimanki, “Nasaf” klubi hozirgacha meni o'z holimga tashlab qo'ygani yo'q. Moddiy tomondan har doim yordam berib turishadi. Boshqa jamoalar haqida ham shunday fiklarni bildira olaman. O'zbekiston farzandi ekanligimdan faxrlanaman. Yonimda shunday yaxshi insonlar borligidan xursandman. Uyushtiriladigan marosimda yaqinlarimni yana bir bor ko'rsam g'oyat xursand bo'laman. Ular bilan oldingi davrlarimizni eslagim kelyapti. Ayni paytda barcha shaharlardan muxlislar qo'ng'iroq qilib menga samimiy tilaklarini bildirishyapti. Buning uchun ularga ham rahmat.



“KO'NGLIMNI HECH QACHON CHO'KTIRMAGANMAN”
-   Dardga chalinganimga 9 yarim yil bo'lgan bo'lsa-da, hech kachon ko'nglimni cho'ktirmaganman. Yonimda yaqinlarim, do'stlarim bor va ular mendan yuz o'girishgani yo'q. Eng muhimi, men shunday mamlakatda yashayapmanki, u sira ham o'z farzandini yolg'izlatib qo'ymaydi. O'zbekistonda katta hurmatga ega bo'lgan murabbiylar – Mirjalol Qosimov, Ro'ziqul Berdiev, Igor SHkvirin, Pyotr Gizimchuk, Vali Keldiev, umuman barchasidan minnatdorman. Qolaversa, Aleksandr Geynrix bilan Jasur Hasanov ham menga befarq emas. Yaqinda Odil Ahmedov SHuhrat Muhammadievdan men haqimda so'rabdi va tez orada xonadonimga tashrif buyurishini aytibdi. Vitaliy Desinov bilan SanjaR Tursunov ham unga qo'shilib yonimga kelishmoqchi ekanlar. Ishonasizmi, bunday g'am-xo'rliklardan men baxtli bo'lmasdan yana kim baxtli bo'lsin? Yana qaytaraman: bunday mexribonchilik, odamiylik faqat biz o'zbeklarga yarashadi. SHuning uchun mana shunday Vatanda tug'ilib o'sganimdan cheksiz faxrlanaman. SHuningdek, Sergey Lebedevga ham rahmat. Futbolga endi kirib kelgan paytimda hali yosh edim. O'sha paytda Lebedev hali sen zo'r futbolchi bo'lib etishasan, faqat ko'nglingni cho'ktirmagin, hammasi oldinda deb dalda bergandi. Qahramon Abduqodirovni ham hurmat qilaman. Bundan tashqari Ro'ziqul akaga alohida minnatdorligimni bildirishim kerak. “Nasaf”ga endi kelgan paytimda u kishi menga to'g'ri yo'lni ko'rsatgandi. U men uchun ham aka, ham ustoz. Futbolni o'rtgatgan inson - Bahrom Hakimov bo'ladi. SHu bois menga kimlarni yordami tekkan bo'lsa, hech birini unutmayman.  

“HAYOTIMDAN MAMNUNMAN”
-   Men jannat misoli Vatanda o'sganimdan g'ururlanaman va bu gapni aytishdan sira ham charchamayman. Faoliyatim davomida ozmi-ko'pmi milliy terma jamoamiz tarkibida ham to'p surdim. Davlatimiz madhiyasi yangrayotgan paytda qo'limni ko'ksimga qo'yib uning qadr-qimmatini, ortimizda millionlab xalqimiz turganini his qilganman. SHuning uchun hayotimdan mamnunman. Hech qachon nolimayman. Yoshlarga aytadigan gapim bor: Yurtboshimiz tomonidan shuncha etibor, sharoitlar yaratib berilyapti. SHunga yarasha yoshlarimiz o'z mehnati bilan ishonchni oqlashini va shu kuniga shukr qilishlarini istayman. Mehnatdan qochmasdan o'z ustida ishlashsin, Vatanimiz uchun fidoyi insonlar bo'lib etishishsin. Menga ishoning, bunday shart-sharoitlar boshqa hech qaysi mamlakatda yo'q. Yoshlarimiz yurtimiz bayrog'ini yuqorilarga ko'tarsa, buni ko'rib biz ham xursand bo'lamiz. Yoshlarimiz ko'rsatayogan natijalarga qarang. Ular Osiyo chempioni bo'lishyapti, jahon chempionatlarida qatnashishyapti. Nima uchun? CHunki O'zbekistonda ular uchun hamma narsa yaratib berilgan. Mana shunday sharoitlardan biz yoshlar unumli foydalanib qolishimiz kerak. Men hech bir terma jamoamizning o'yinlarini qoldirmasdan ko'raman va ularga chin qalbim bilan muxlislik qilaman. Inkor etmayman, o'z vaqtida tushkunlikka tushgan paytlarim ham bo'lgan. Negaki, qaytib futbol o'ynay olmasligimni o'ylab shunday ahvolga duch kelganman. Hozirgi yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlarni ko'rib havasim kelyapti. Men ham ular qatori o'ynay olmaganimdan tushkunlikka berilgandim. Men ham mana shunday sharoitda to'p surishni juda-juda istardim. Ammo hozirgi paytda yoshlarimizni ko'rib yanada quvonyapman.  



“BIZ ALBATTA JAHON CHEMPIONATIGA CHIQAMIZ”
-   Terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishini hammamiz kutyapmiz. Bu yo'lda muxlislarimiz hamjihatlik bilan qo'llab-quvvatlashlarini xohlayman. Stadionni to'ldirib o'tirishgan ishqibozlarni ko'rgan futbolchilarimiz ana shunda yanada katta kuch va ishitiyoq bilan to'p surib, futboldan zavq olishadi. Aytmoqchimanki, terma jamoamizning jahon chempionatiga chiqishi birgina futbolchi yoki murabbiylarga boqlik emas, balki xalqimizga ham taalluqli. Ular chin ko'ngildan ishongan holda jamoamizga madadkor bo'lishlari kerak. Mustaqillikka erishganimizga 23 yil bo'lgan bo'lsa, shu vaqt davomida qanchadan-qancha sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berilyapti. O'ylaymanki, biz uchun hali hammasi oldinda. SHu paytgacha nafaqat futbol, balki boshqa sport turlari bo'yicha ham katta natijalarga erishyapmiz. Hammasi o'z qo'limizda. SHunday ekan, yanada ko'proq ishlashimiz talab qilinadi. Biz albatta jahon chempionatida to'p suramiz.

“MURABBIY BO'LMOQCHIMAN”
- Mening o'zimga yarasha rejalarim bor. Xudo xohlasa, yursam ham, yurmasam ham murabbiylik sohasida ishlashni niyat qilib turibman. Futbol o'ynab ozmi-ko'pmi, tajriba orttirdim. O'zimdagi bilimlarni yoshlarga o'rgatmoqchiman. Bu orqali mamlakatimiz sportiga ozgina bo'lsa-da, o'z hissamni qo'shmoqchiman. Yoshlarimizning xalqaro maydonlarda Vatanimiz shanini munosib himoya qilishlarini ko'rish men uchun yoqimli. Men bilan bog'liq tadbirlar o'tkazilgach, Qashqadaryo futbol federaciyasi va “Nasaf” klubi rahbariyati bilan bu haqida gaplashaman. Ular bu borada menga barcha shart-sharoitlarni yaratib bermoqchiligini aytishdi.  



“AYOLIMGA MINGDAN-MING RAHMAT”
-   SHuncha gaplarni gapirdim. Endi oilam to'g'risida ham to'xtalib o'tmasam bo'lmaydi. Rafiqamga va uning ota-onasiga mingdan-ming rahmat. Baribir o'zbek ayollari sadoqatli, chidamli bo'lishadi deb bejizga aytilmaydi. Ayolimning 10 yildan beri men bilan birga yashab kelayotgani uchun Xudoga shukr qilaman. Bunday oilasi uchun sadoqatli bo'lgan ayollar faqat O'zbekistonda bor. Oilamdan o'la-o'lgunimcha minnatdorman. Menga shunday ayolni nasib qilgani uchun Xudoga shukr keltiraman. 


FIRDAVSXON suhbatlashdi


"K.K 26" Akciyada hozircha 10 000 000 so'm yig'ildi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика