So’nggi yangiliklar

14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  0 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  0 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  0 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  5 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  2 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  10 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  9 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  24 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  2 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  7 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  5 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  2

"CAFA WOMEN'S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023". Murabbiylar musobaqadan oldin qanday fikrda? Yangiliklar

"CAFA WOMEN'S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023". Murabbiylar musobaqadan oldin qanday fikrda?

27-30 yanvar kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan "CAFA WOMEN'S FUTSAL CHAMPIONSHIP-2023" musobaqasidan oldin har bir jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


- Bo'lajak musobaqaga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz?

Foruzan Sulaymoni (Eron bosh murabbiyi):
Bu ayollar terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi futzal musobaqasi hisoblanadi. Tayyorgarliklar reja bo'yicha o'tdi. Musobaqada yaxshi natija ko'rsatishga harakat qilamiz.



Oleg Gevlenko (Qirg'iziston bosh murabbiyi): Avvalambor, serquyosh O'zbekistonga mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu musobaqaga 3 hafta tayyorlandik. Bo'lajak musobaqaga tayyorgarlikni 20 futzalchi bilan boshladik, 14 nafari Toshkentga keldi. Maqsadimiz chiroyli o'yin namoyish etish. Menimcha, bizning jamoa bir yil ichida yanada kuchli bo'ldi.


Mustafo Afshari (Tojikiston bosh murabbiyi): Bu musobaqada ishtirok etishimizdan xursandman. O'z rejamiz bo'yicha tayyorgarlik olib bordik. Bo'lajak musobaqa qizlarimiz uchun yaxshi tajriba bo'ladi deb o'ylayman.



Farruh Zokirov (O'zbekiston bosh murabbiyi): Barcha bosh murabbiylar va jamoalar Toshkentga xush kelibsizlar. Bu musobaqa Toshkentda o'tayotganidan juda ham xursandmiz. O'ylaymanki, bu musobaqa Osiyo va Jahon chempionatlariga tayyorgarlik vazifasini o'taydi. Musobaqa biz uchun tajriba maydoni bo'ladi. O'tgan yilgi CAFA musobaqasi bilan solishtirganda tarkibimiz sezilarli ravishda o'zgargan. Yanvar oyida ikki bosqichda yig'in o'tkazdik va musobaqaga tayyorlandik.



- Bilamizki, ko'p davlatlarda futzal bo'yicha chempionat yo'q, shu bois terma jamoalar katta futbol o'ynaydigan qizlarni futzal terma jamoasiga jalb etishadi. Sizlarda vaziyat qanday?


Foruzan Sulaymoni (Eron bosh murabbiyi):
Eronda ayollar o'rtasida Superliga, Oliy liga, Birinchi, Ikkinchi va Uchinchi ligalar bor. Terma jamoamiz tarkibida barcha qizlar futzalchi hisoblanadi. Faqat musobaqaga kam muddat tayyorgarlik ko'rdik xolos.

Oleg Gevlenko (Qirg'iziston bosh murabbiyi): Bizda ham ayollar o'rtasida futzal chempionati yo'q. Katta futboldan jalb etib, ularga futzal o'ynashni o'rgatamiz. Bu ikkalasi ikki xil sport turi ekanini bilasizlar. Balki kelajakda futzalga ham etibor o'zgarib, ko'proq vaqt berishar, ko'ramiz.


Mustafo Afshari (Tojikiston bosh murabbiyi): Tarkibimizda ko'p o'yinchilar katta futbolda o'ynaydi, ammo ularning futzalda ham tajribasi bor.

Farruh Zokirov (O'zbekiston bosh murabbiyi): Bizda hozirda ayollar o'rtasida futzal chempionati yo'q. SHu bois futbolchilardan terma jamoani shakllantirdik. Futzal ligasi mavjud bo'lgan terma jamoaga qarshi o'ynash men uchun qiziqarli. Tojikiston va Qirg'izistonga qarshi bahslar ham ajoyib o'tishiga ishonaman.



- Toshkentga eng kuchli tarkib olib kelindimi?

Foruzan Sulaymoni (Eron bosh murabbiyi):
Bizda ham tajribali, ham yosh futzalchilar bor. Bunday musobaqalar orqali bo'lajak xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu musobaqa faqat biz uchun emas, Markaziy Osiyoning qolgan jamoalari uchun foydali hisoblanadi.

Oleg Gevlenko (Qirg'iziston bosh murabbiyi): Biz bu erga kuchli o'yinchilarni olib keldik, ammo bundan ham kuchliroq tarkib bilan kelishimiz mumkin edi. Ko'p futzalchilarimiz katta futbol bo'yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishmoqda, shu bois Toshkentga mana shu tarkib bilan keldik. Hozircha boshqa yo'limiz yo'q.

Mustafo Afshari (Tojikiston bosh murabbiyi):
Afsuski, bizda futzal bo'yicha liga yo'q, shu bois tanlov u qadar katta emas. Bor imkoniyatdan foydalanishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, kelajakda Tojikistonda ham ayollar o'rtasida futzal chempionati tashkil etiladi.


Farruh Zokirov (O'zbekiston bosh murabbiyi): Bu bizning mukammal tarkibimiz emas, CAFA'dagi o'yinlar orqali bazi bir xulosalar olamiz. Keyingi xalqaro musobaqalarga yanada kuchli tarkib tuza olishimizga ishonaman. Bo'lajak turnir biz uchun katta tajriba bo'ladi.



- Siz eronliksiz. SHunday ekan, Eronga qarshi bahs o'zgacha ahamiyat kasb etadimi?
Mustafo Afshari (Tojikiston bosh murabbiyi):
Bu narsa menga faxr bag'ishlaydi, bo'lajak o'yin biz uchun katta tajriba bo'ladi. CHunki bilamiz Eron ayollar futzal terma jamoasi Osiyoda eng kuchli sanaladi. Men bu bilan faxrlanaman va ko'proq narsa o'rganishga urinaman.


- O'tgan yilgi musobaqada O'zbekiston juda yaxshi o'ynab, ikkinchi o'rinni olgandi. Musobaqaning Toshkentda o'tishi jamoangizga chempion bo'lishiga yordam beradimi?
Farruh Zokirov (O'zbekiston bosh murabbiyi):
Aytib o'tdim, o'tgan yilgiga nisbatan tarkibimizda 5-6 nafar o'zgarishlar bo'ldi. Lekin bilasiz, erkaklar o'rtasida O'zbekiston futzal terma jamoasi Osiyoda o'z o'rniga ega. Terma jamoada ko'p yillar davomida o'ynagan Rustam Umarovni murabbiylar shtabimizga kiritdik, uning yordamida qizlarimiz futzal bo'yicha o'z malakalarini oshirishmoqda.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика