CAFA Women’s Championship 2018. Bugun 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi
25 noy 2018 11:35
Yangiliklar
CAFA Women’s Championship 2018. Bugun 2-tur o'yinlari bo'lib o'tadi
Bugun mazkur musobaqaning ikkinchi tur bahslari bo'lib o'tadi.
Turning birinchi o'yinida Afg'oniston terma jamoasi Eronga qarshi bahs olib boradi. O'yin soat 13:00da boshlanadi. Uchrashuvni o'zbekistonlik Husnora Jumaeva boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandra Konchikova va Xayriniso Erkinova yordam berishadi. Zaxira hakami – Veronika Bernandskaya (Qirg'iziston).
Kunning ikkinchi o'yinida O'zbekiston terma jamoasi Tojikiston bilan bahs olib boradi. O'yin soat 16:00da boshlanadi. Uchrashuvni eronlik Surur Saidiy boshqarib boradi. Qanotlarda unga Habiba Rabaviketab va Jaleh Tufanpur yordam berishadi. To'rtinchi hakam Jibek Oqil qizi (Qirg'iziston).
Barcha uchrashuvlar poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida bo'lib o'tadi.
25 noyabr, yakshanba
13:00 Afg'oniston - Eron
16:00 O'zbekiston - Tojikiston

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" захирадан тушганларнинг самарали ҳаракатлари эвазига "Локомотив"дан устун келди
ЛаЛига. Араухонинг голи "Барселона"га уч очко келтирди
Суперлига. Икки гол бекор қилинган ва уч пенальти белгиланган ўйинда "Пахтакор" "Сўғдиёна"ни мағлуб этди
Англия Лига кубоги. "Манчестер Сити" "Арсенал"ни мағлуб этди, Ҳусанов Англиядаги илк совринини ютди!
Fikrlar