CAFA U-17 Women’s Championship 2023. O'zbekistonlik qizlar musobaqa g'olibiga aylandi
16 mar 2023 21:08
Yangiliklar


CAFA U-17 Women’s Championship 2023. O'zbekistonlik qizlar musobaqa g'olibiga aylandi
CAFA U-17 Women’s Championship 2023 doirasida O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
O'zbekistonlik o'smir qizlar xalqaro turnirning so'nggi turida tojikistonlik dugonalariga qarshi maydonga tushdi hamda yirik — 5:0 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, O'zbekiston Tojikiston, Eron va Qirg'izistonga kechgan bahslarning barchasida g'alaba qozonib, musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Asalxon Aminjonova esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar