So’nggi yangiliklar

12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  0 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  1 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  5 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  6 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  3 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  18 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  8 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  13 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  18 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3

“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi Yangiliklar

“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi oldidan matbuot anjumani tashkil etildi

Ertadan poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan o'tkaziluvchi “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi start oladi.

Mazkur turnirda 15 yoshgacha bo'lgan qizlardan iborat 4 ta yurt terma jamoalari ishtirok etishadi.

“CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasida O'zbekiston, Eron, Qirg'iziston hamda Tojikiston terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.

Bugun musobaqa oldidan ishtirokchi terma jamoalar bosh murabbiylari ishtriokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Ilhom Hanjariev (O'zbekiston)
– Turnir yuqori saviyada tashkil etilishiga ishonaman. Bunday formatdagi turnir esa ilk marotaba o'tkazilmoqda va o'ylaymanki, bu yaxshi qaror. Biz musobaqaga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Barcha ishtirokchi jamoalarga omad tilayman.



Zamir Irgebaev (Qirg'iziston) – Ushbu turnirga jamoamizga zarur bo'lgan barcha qizlarni jalb etishga harakat qildik. Musobaqaga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Umuman, barcha ishtirokchilar tajriba va mahoratli jamoalar va uchrashuvlar qiziqarli tarzda kechadi. Barcha ishtirokchilarga omad va o'ylaymanki kuchli jamoa g'alaba qozonadi.



Zebo Gasimova (Tojikiston) – Ushbu turnir biz uchun tajriba maydonchasi. U futbolchi qizlarga kelgusi faoliyati uchun zamin yaratadi. Ochig'i, turnir oldidan biroz qiyin vaziyatga duch keldik. Qizlarni jamoa yig'inlariga va turnirlarga olib ketish borasida bizda vaziyat biroz qiyin. Ammo, jarayon ijobiy hal etildi. Hozirda barcha imkoniyatlarni ishga solib, qizlarni saralab olishga harakat qilamiz.




SHodi Hamini (Eron) – Turnir yuqori saviyada o'tkazilishiga shubham yo'q va O'zbekiston mezbonlik uchun yaxshi tanlov. Oldimizda 16 yoshlilar o'rtasida rasmiy musobaqa bor. Ushbu turnir orqali rasmiy musobaqalarga tayyorgarlik ko'ramiz. Barchaga omad tilayman. Umid qilamanki, turnir jamoalar uchun foyda va ijobiy natijalar olib keladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика