So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

“CAFA U-16 Championship”. O'zbekiston Afg'onistonni yirik hisobda taslim etdi Yangiliklar

“CAFA U-16 Championship”. O'zbekiston Afg'onistonni yirik hisobda taslim etdi

Bugun CAFA Cup doirasida Afg'oniston - O'zbekistonning 16 yoshli termalari ishtirokidagi o'yin o'tkazildi.

 YANGILASH

O'yinning 8-daqiqasida hisob ochildi. Darvozabonning oldinga chiqib ketganidan foydalangan Ismatulloh Kozimi uzoq masofadan zarba berdi. Uning tepgan to'pini himoyachi Xurshid Abdullaev qaytarmoqchi bo'lgandi. Biroq baribir to'p darvozaga kirib ketdi. Gol bizning himoyachimiz hisobiga avtogol deb yoziladigan bo'ldi.

29-daqiqada hisob tenglashdi. O'ng qanotdan Jasurbek Jamoliddinovning erlatib uzatgan to'piga raqib darvozaboni eta olmadi. Timur Mamasiddiqov esa to'pni bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan joylab qo'ydi, 1:1.

40-daqiqada vatandoshlarimiz hisobda oldinga o'tib olishdi. Uzoq masofaga uzatilgan to'pga himoyachi bilan kurashda tezlik bobida Igor CHikrizov ustunlik qildi. U to'pga birinichi bo'lib etib borib, posbonni aldab o'tib, bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi, 1:2.

Oradan ko'p o'tmay O'zbekiston yana bir gol urdi. Temur Mamasiddiqov bir necha futbolchini aldab o'tgan holda gol urishga muvaffaq bo'ldi. Temurdan dubl! 1:3.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

49-daqiqada hisob qisqarishi mumkin edi. Ammo afg'onistonlik Abdul Hada Sadiqining tepgan penaltisini posbonimiz qaytardi.

Uchrashuvni 1049 nafar tomoshabin bevosita stadiondan kuzatib bormoqda.

Qiziq! Hakam maydonda kartochkasiz ishlayotgan ekan. U bir vaziyatda afg'onistonlik futbolchiga kartochka berishi kerak edi. Biroq u cho'ntagidan kartochkani topa olmadi. Keyinchalik zaxira hakamidan sariq va qizil kartochkani oldi. Mana nima uchun biz o'yinda kartochka ko'rsatilmaganining sababini bilib oldik.

88-daqiqada hisob yirik ko'rinishga keldi. Zaxiradan maydonga tushgan Xusain Norchaev darvozabonning oldinga chiqib ketganidan foydalanib, hisobni 1:4 ko'rinishiga keltirib qo'ydi.

O'yin ushbu hisob bilan yakunlandi.

Toshkent. "Milliy" stadioni.

Afg'oniston - O'zbekiston 1:4. 1049 tomoshabin

Hakamlar: Meder Taychiev, Eldos Mirzabekov, Qanot Mirzabekov (barchasi Qirg'izistondan), Sayyodjon Zayniddinov (Tojikiston).

Gollar: Xurshid Abdullaev (8-avtogol), Temur Mamasiddiqov (29), Igor CHikrizov (40), Temur Mamasiddiqov (43), Xusain Norchaev (88).

Afg'oniston: 1. SHarif Omonzoda, 5. Ismatulloh Kozimi, 4. Muhammad Amin Nizomiy, 13. Ali Zohidiy, 3. Abdul Munir Hazratiy (12. Ali Sino Valizoda, 87), 7. Fayzuddin SHirzad, 10. Muhammad No'mon Valizoda, 6. Samir Samandariy, 14. Abdul Hada Sadiqi, 2. Sajad Ali Xaliliy, 11. Abuzar Rahmoniy (18. Toryalay Xamderd, 68).

Zaxira: 22. Ahmad Mashal Musofir Zoda, 19. Ibrohim Dovud, 20. Xasibulloh Ahadiy, 21. Muhammad Nosir Rizoiy.

O'zbekiston: 12. Mo'minrizo Qodirov, 4. Sardor Abdurashidxo'jaev, 5. Xurshid Abdullaev, 15. Muhammadyusuf Nosirov, 6. Diyorbek Rahimqulov, 7. Temur Mamasiddiqov (16. Farruhbek Muxtorov, 85), 8. Mironshox Sattorov, 9. Igor CHikrizov (17. Xusain Norchaev, 84), 10. Jasurbek Jamoliddinov, 11. Ruslan Roziev, 20. Azizbek Hafizov (14. Doniyor Sobirov, 66).

Zaxira: 21. Hamidullo Abdunabiev, 2. Alibek Davronov, 3. Foziljon Primqulov, 18. Xushnazar Xushnazarov.

Komissar - Davlatmand Islomov (Tojikiston).

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика