Cadena Ser talqiniga ko'ra futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan iborat ramziy jamoa
26 dek 2019 13:12
Yangiliklar


Cadena Ser talqiniga ko'ra futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan iborat ramziy jamoa
Cadena Ser nashri o'z talqiniga ko'ra futbol tarixidagi eng kuchli futbolchilardan iborat ramziy jamoasini elon qildi.
Darvozabon: Lev Yashin (sobiq SSSR);
Himoyachilar: Xose Molina (Ispaniya ), Franc Bekkenbauer (GFR), Paolo Maldini (Italiya).
Yarim himoyachilar: Zinedin Zidan (Franciya), Xavi (Ispaniya).
Hujumchilar: Yoxan Kroyff (Gollandiya), Diego Maradona, Lionel Messi (ikkisi ham — Argentina), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Pele (Braziliya).
Qizig'i shundaki, jamoadan ispaniyalik darvozabon Xose Molina ham o'rin olgan. Nashr jurnalistlari hazil sifatida uni himoyachi poziciyasiga qo'yishgan. Gap shundaki, Molina Ispaniya terma jamoasida himoyachi rolida faoliyatini boshlagan.

Fikrlar