"CA" vakillari Melburn shahrida
15 jan 2015 12:38
Yangiliklar


"CA" vakillari Melburn shahrida
Mag'lubiyat barchaga juda yomon tasir qilgani turgan gap. Lekin guruhdan chiqish imkoni saqlanib turibdi. 18 yanvar kuni bizni Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi o'yin kutib turibdi.
Guruhdagi uchinchi bahs Melburn shahrida bo'lib o'tadi. SHu sababli, bugun saytimiz xodimlari, muxlislar birgalikda Brisben vaqti bilan soat 9:45da Melburn shahriga qarab uchdik.
Ikki soatdan ortiq parvoz qilgan "Tigerair" aviakompaniyasiga tegishli samolyot Melburn shahriga kelib qo'ndi. Bu shaharda Sidney va Brisbenga qaraganda anchagina salqin havo hukmron ekan. 20 daraja issiq, sovuq shamol esib turibdi.
Melburn vaqti xuddi Sidneyniki kabi Toshkentdan 6 soat farq qiladi. Yani 18 yanvardagi bahs mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlanadi. Bu vaqtda Toshkentda 14:00 bo'ladi.
Ertadan "AAMI Park" stadionidagi media markazda ish boshlaymiz. Osiyo Kubogining eng so'nggi yangiliklarini sizlarga etkazib turamiz.
Narzulla Saydullaev
Melburn shahridan

Fikrlar