So’nggi yangiliklar

12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  0 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  10 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  4 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4

CA TV: Bahodir Nasimov: “O'ylashimcha, biz BAA termasidan kuchliroqmiz” Yangiliklar

CA TV: Bahodir Nasimov: “O'ylashimcha, biz BAA termasidan kuchliroqmiz”

5 mart kuni bo'lib o'tadigan O'zbekiston va BAA milliy terma jamoalari o'rtasidagi bahsga legioner hujumchimiz Bahodir Nasimov ham tayyorgarlik ko'rmoqda.
Ozarbayjonning “Neftchi” klubida faoliyatini davom ettirayotgan Bahodir Nasimovning bu o'yindan umidi katta. Futbolchi bu haqda saytimizga ham aytib o'tdi.


-   Bahodir, o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?
-   Hammasi reja asosida bo'lyapti. Tayyorgarlik ham, kayfiyat ham joyida. Nasib qilsa, muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.
 
-   Malumki, har ikki jamoa ham Osiyo Kubogi masalasini ijobiy hal qilgan. Bir qarashda o'yinning ahamiyati unchalik yuqori emasdek. Bu borada siz qanday fikrdasiz?
-   Biz o'yin va raqib ajratmaymiz, barcha bellashuvlarga bir xilda tayyorgarlik ko'ramiz. Kim bilan to'p surishimizdan qatiy nazar, g'alaba g'ozonishga intilamiz. Navbatdagi bahs ham bundan mustasno emas. BAAga qarshi uchrashuvda g'olib bo'lish biz uchun juda muhim.

-   BAAni kuchli jamoa deb hisoblaysizmi?

-   To'g'ri, ular ham yomon emas, lekin o'ylashimcha, biz ulardan kuchliroqmiz.
 
-   Raqib safida kimni alohida ajratib ko'rsata olasiz?
-   BAA termasida kuchli futbolchilar ko'p, bir yoki ikki nafar emas. Lekin futbol jamoaviy o'yin bo'lgani uchun ular jamoa sifatida yaxshi shakllangan degan bo'lardim.

X.Xoliqov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика