So’nggi yangiliklar

09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  3 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  0 07:35АПЛ. "Челси" сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди.  3 03:08Акмал Рустамов: "Қўқон шамоли? Бундай об-ҳавода ҳар иккала жамоа ўйнади"  2 02:50Баҳром Ҳайдаров: "Қизилқум"дек жамоани мағлуб этганимиздан хурсанд бўлдим"  2 01:55Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"сида "Пахтакор" ғалаба қозонди, "Қўқон-1912" эса ўз майдонида "Қизилқум"ни енгди  1 01:27Камолиддин Тожиев: "Пахтакор"га қарши барча рақиблар 200%га ўйнайди"  8 00:41Левченко: "Пахтакор" нима қилди? Фақат ҳимояланди-ку"  31 00:34Бундеслига. "Бавария" "Гамбург" дарвозасига жавобсиз 5 та гол урди, мюнхенликлар дастлабки 4 та тўпни 29 дақиқа ичида киритишди  0 00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   40 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  24 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1

“CA” Incheonda, CHempion bo'lmasdan ortga qaytish yo'q! Yangiliklar

“CA” Incheonda, CHempion bo'lmasdan ortga qaytish yo'q!

7 soatlik parvozdan so'ng biz o'rin olgan havo layneri Osiyo olimiadasi markazi, Incheon shahriga kelib ko'ndi.
Menimcha ob havo, Janubiy Koreyadagi mashinayu, binolar sizga qiziq bo'lmasa kerak. Menga ham. Unda nima kilamiz, ijod, terma jamoamiz bilan kun ko'ramiz. Bu erda nafaqat futbol, balki sportning  boshqa turlari bo'yicha musobaqa bo'lib o'tadi. Biz sportning 32 turi bo'yicha medallar uchun kurash olib boramiz Futboldan tashaqari vaqtimizni sportning boshqa turlariga ham ajratamiz. SHaxsan menga boks, tennis, kurash, dzyudo kabi sport turlarini tasvirga tushirish yoqadi. Qolaversa aynan shu musobaqalar favoriti hisoblanamiz. Sportga oid xabar va qiziqarli fotogalereyalarni olamsport.com saytida tomosha qilasiz.

Bu erni “bardak” qilish niyatim yo'q. Demak, boshladikmi? Hozirgina aeroportga qo'ndik. Toshkent va Incheon orasidagi farq 4 soatni tashkil qiladi. 7:15da Incheon xalqaro aeroportiga uchib kelganimizda Toshkentda soat tungi 3 edi. Uyqu yo'g'ida ijod qilishga ne etsin. Toshkentda so'nggi tekshiruvdan o'tishim qiziq bo'ldi. Bagaj to'la texnikani ko'rgan xodim, TVdanmisiz
deya murojaat qildi.

- Yo'q, futbol saytidan.
-Qaysi?
- championat.asia
- O'zimizning championat.asia mi?
- Ha.
- Iya, Nodirxo'ja. Men ham avvallari CHempionda ishlaganman.
Hodimning beyjigiga razm soldim, Hamza Yoqubov. - Iya, aka. Yaxshimisiz. Men o'qir edim sizni o'sha paytlar.
- Omad, yaxshi etib olinglar.

Dunyo tor deb shunga aytishadida. Biz bilan bir reysda Tojikiston futbolchilari ham uchdilar. Bugun joylashib olay, buyogiga puxta reja asosida ishlanadi.

Afsuski video syomkaga menga ruxsat berilmagan. Qoidaga ko'ra uch toifadagi ruxsatnomadan birini tanlashim kerak, bular yozuvchi, suratkash va operator.

Tabiiyki men surat olishim kerak. SHu bilan birga yozuvchiga yaratilgan sharoitlardan ham foydalanishga haqqim bor. Ammo lekin, biroq deganlaridek, videoning ham ilojisi bor. Yodingizda bo'lsa yangi apparat olganligimni maqtangan edim. Ana o'sha fotoapparatda HD sifatda video olishingiz mumkin. “Ola Nortoy” demang. Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida deyarli hamma kinolar hozirda fotoapparat orqali suratga olinyapti. Nasib qilsa men ham amallayman. Yodimdan ko'tarilibdi, Incheonga O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi matbuot kotibi SHavkat aka Jalilov bilan birga keldik. Bizdan tashqari yana to'rt nafar OAV vakillari 17 sentyabr kuni uchib keladilar. Ular orasida ustozim Anvar Ilyosov va tv operator Ramiz akani bilaman. Qolgan ikki kishi bilan endi tanishamiz. Afsuski musobaqada OAV borasida eng so'nggi o'rinlardamiz. Jami 9700 nafar jurnalist, shulardan 2700 nafari mahalliy Osiyo olimpiadasida ijod kiladi. Son bo'yicha biz so'nggi o'rinlardamiz. Afsuski sportga shuncha pul ajratilayotgan paytda OAV nazardan chetda qolib ketayotganligi achinarli. Axir OAV emasmi siz kilayotgan ishlarni reklama qilib beradigan?

Mavzudan chetlamay. 2011 yildagi Osiyo Kubogi faoliyatimga poydevor ko'ygan edi. Juda katta tajriba maydoni edi men uchun. Bugun esa Osiyo o'yinlarini qoq markazidaman. SHuni aytishim kerakki, keyingi Osiyo o'yinlari 5 yildan keyin bo'lib o'tadi. Hozircha mezbon sifatida Vetnam tanlab olingan. Ammo ular mezbonlikdan bosh tortishga yaqin turibdilar. Agar bizda ham ayrim kriteriyalar ko'rib chiqilsa, 2023 yilgi musobaqaga mezbonlik qilish imkoniyatiga ega bo'lishimiz mumkin. Keyingi musobaqa 5 yildan so'ng bo'lib o'tadi. Sababi endi Osiyo o'yinlari dunyo olipiadasiga tayyorgarlik vazifasini o'tab berishi lozim.

Bu bitiklar erdan nakd 10 km tepalikda yozildi. Har kuni xabar va intervyulardan tashqari, xuddi Moskvada bo'lgani kabi kundalik yozishga vada beraman. Hozircha xayr, biroz uxlab olay. Samolyotda nima uchundir hecham uxlay olmayman...

Nodirxo'ja Yuldashev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика