"Byornli" futbolchilari bolalarni qutqarib qolishdi (FOTO)
11 mar 2018 14:29
Yangiliklar


"Byornli" futbolchilari bolalarni qutqarib qolishdi (FOTO)
"Vest Xem" hamda "Byornli" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 30-tur uchrashuvida londonlik muxlislar stadionda ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishdi.
"Byornli" futbolchilari 66-daqiqada hisobni ochishdi va shundan so'ng maydonga muxlis tushib ketdi, "Vest Xem" futbolchisi Mark Nobl esa ishqibozni hammaning ko'z o'ngida kaltakladi.
Buni ko'rgan muxlislar ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishdi, "bolg'ali jangchilar" ishqibozlari maydonga tushib, klub rahbarlari o'tiradigan joyga yo'l olishdi va istefo talab qilishdi.
"Byornli" futbolchilari esa bolalar tiqilinchda qolib ketmasliklari uchun ularni zaxira o'rindig'iga o'tirg'izishdi.
"Vest Xem" - "Byornli" uchrashuvi 0:3 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar