So’nggi yangiliklar

10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  19 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  17 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  10 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  125 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10

Buyuk qaytish: Nafaqadagi do'st (05.10.2017) Yangiliklar

Buyuk qaytish: Nafaqadagi do'st (05.10.2017)

Kecha "Bavariya" jamoasi ketma-ket oltinchi marotaba Germaniya chempionligini rasmiylashtirdi.

SHu munosabat bilan SHahboz Beg'amovning Yupp Xaynkes jamoaga rasman bosh murabbiy etib tayinlanishidan bir kun oldin (05.10.2017) yozgan maqolasini qayta chop etdik.

* Frank Riberi "Bavariya" safida sakkizinchi bor Germaniya chempionligiga erishdi va bu borada SHvaynshtayger, Lam, Kan va SHollga etib oldi. Legionerlar ichida esa Riberi chempion bo'lish bo'yicha yakka peshqadamga aylandi.

* Ketma-ket olti bor chempion bo'lgan 9 nafar futbolchilar: Manuel Noyer, Tom SHtarke, Jerom Boateng, David Alaba, Rafinya, Xavi Martines, Frank Riberi, Aren Robben va Tomas Myuller.

* Ilk marotaba Germaniya chempioni nomiga sazovor bo'lgan futbolchilar: Xames Rodriges, Niklas Zyule, Sebastyan Rudi, Korenten Tolisso hamda Kristian Fryuxtl.

* Yupp Xaynkes Germaniyada eng qari murabbiy sifatida chempion bo'lish bo'yicha o'z rekordini yangiladi. Bundan avvalgi natijaga ham aynan Xaynkes erishgandi. O'shanda 2013 yilgi mavsumda Yupp 68 yoshida shohsupaga chiqqandi. Bu safar 72 yoshida ham chempionlikni takrorlashga muvaffaq bo'ldi.

* Yup Xaynkes jami to'rtinchi marotaba Germaniya chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.


Demak SHahboz Beg'amovning 2017 yil, 5 oktyabr kuni yozgan maqolasini qayta chop etamiz.

Germaniyaning eng ishonchli nashri "Bild"ning xabar berishicha, "Bavariya"ni mavsum yakuniga qadar Yupp Xaynkes boshqaradi.

Qiyin vaziyatga tushib qolgan jamoani mavsum yakuniga qadar boshqarib turishi mumkin bo'lgan variantlar ichida Yupp eng ideali, desak mubolag'a bo'lmasa kerak.

Anchelottining istefosidan keyin taniqli rus sharhlovchisi, Germaniya futboliga ixtisoslashgan jurnalist Aleksey Andronov "Bavariya" mavsum oxiriga qadar Xaynkes yoki Xitcfeldga murojaat qilishi va bu ikki mutaxassisdan biri garchi faoliyatini yakunlagan bo'lsada myunxenliklarga yo'q demasligi haqida yozgandi. O'shanda buni o'qib, Uli Xyoness shu ishni qilsa ajoyib bo'lardi, degan hayol o'tgandi. Ammo myunxenliklar rahbariyati faoliyatini tugatgan va 4 yildan buyon futboldan uzoqda turgan Xaynkesni bezovta qilishmasa kerak, deb o'ylagandim.

Uli Xyoness aslida jamoaga Yulian Nagelsmannni jalb etmoqchi edi. Lekin mavsum o'rtasida yosh iqtidorli murabbiyni "Xoffenxaym"dan "yulib" olish ham qiyin, ham noto'g'ri bo'lardi. Keyingi nomzodlar Yurgen Klopp va Yoaxim Lyov borasida ham kamida yozgacha kutishga to'g'ri keladi.

Tomas Tuxel nomzodi esa "Bavariya" rahbariyatiga maqul kelmagan ko'rinadi. CHunki klub qafasda yotgan "sher"ni yana jamoaga qaytarmoqchi.

Bu mavsumni katta talofatlarsiz va sensaciyasiz o'tkazishni reja qilgan Uli Xyoness yana o'z do'stiga murojaat qilishga qaror qilgan ko'rinadi.



Yupp Xaynkes bunga qadar Lui van Gaaldan keyin ham jamoani og'ir paytda qo'lga olgandi. O'shanda ham Uli Xyoness o'zining eng yaqin do'stiga iltimos qilgan va yangi murabbiy topgunga qadar Yupp bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.

Aytmoqchi bo'lganim, "Bavariya"ga tez yordam ko'magini berish Yupp uchun begona emas. Agarda bu qaytish amalga oshadigan bo'lsa, unda Xaynkes "Bavariya"ni uchinchi bor bosh murabbiy sifatida qabul qilib olgan bo'ladi.

Xaynkesning faoliyatidagi so'nggi ikki yil (2012, 2013) "Bavariya"da o'tdi. Yupp 68 yoshida faoliyatini juda chiroyli (Germaniya chempionligi, Germaniya kubogi sohibi va ECHL g'olibi sifatida 2013 yilda murabbiylik) yakunlagandi.

Uli Xyonessning eng yaqin do'sti, "Bavariya" oilasining eng qadrli vakili, klubga qiyin pallada har doim "labbay" deya javob beradigan Xaynkesga myunxenliklar yana ehtiyoj sezishmoqda.
Yupp "Bavariya"ni juda yaxshi biladi va bu og'ir pallada yana jamoa joniga oro kirishi lozim. SHu boisdan ham klub rahbariyati ushbu endigina boshlangan mavsumni muvaffaqiyatsiz o'tkazmaslik maqsadida Yuppning xizmatlaridan foydalanishmoqchi.

Yuppning "Bavariya"dagi ajoyib mavsumidan keyin faoliyatini tugatish chog'ida "Real" va "Barselona"dan kelib tushgan takliflarni rad etgan Yuppning nafaqadagi hordig'i yana buziladigan ko'rinadi.

"Bavariya" etakchilari Robben, Riberi, Myuller va Noyer klub rahbariyatiga kim bilan bo'lsada Germaniya chempionligini olib beraveramiz, ammo ECHLni ko'zlamoqchi bo'lsak, bizga Yupp boboni chaqirib beringlar, deyishgan bo'lsa ham ajab emas.

2013 yilgi super mavsumdan keyin "Bavariya" ancha o'zgardi. Jamoadan ko'plab futbolchilar ketishdi, bazi etakchilar Yupp singari ancha qarib qolishdi.
Lekin baribir o'sha jamoaning asl o'zagi saqlanib qolgan.



O'sha mavsumdagi 9 nafar futbolchi (Noyer, SHtarke, Boateng, Alaba, Rafinya, Martines, Myuller, Riberi, Robben) hozir ham "Bavariya"da.

Bu futbolchilarning imkoniyatlarini Xaynkes juda yaxshi biladi. SHuningdek, ushbu futbolchilar ham mavjud muammoni bartaraf etish va og'ir palladan chiqib ketish uchun Yuppga eng asosiy ko'makchi bo'lishlari talab etiladi.

Riberi, Robben, Myuller, Noyer kabi etakchilarning Yupp bilan juda iliq munosabati ham qisqa vaqt ichida jamoani qaddini tutishiga katta yordam berishi mumkin.

"Bavariya"da o'ynayotgan Arturo Vidal ham Yupp uchun begona emas. O'z vaqtida Vidalning yangi darajaga chiqishida Xaykesning xizmati singan. CHunki ular "Bayer"dagi faoliyat orqali juda yaxshi tanish. Bu jihatlar Xaynkes uchun jamoani qaddini ko'tarishga yordamlashishi aniq.

"Bavariya"ning ayni paytdagi eng katta muammosi bu muhitdagi nosog'lomlik. SHu jihat jamoaning o'yiniga o'z tasirini ko'rsatmoqda.
Yupp Xaynkes davrida esa jamoa birlasha olgan va ushbu mutaxassis barcha bilan aloqalarni yaxshi yo'lga qo'yishni biladi. Muhimi, Yuppning "Bavariya"dagi avtoriteti juda yuqori.
Nafaqadagi murabbiy qo'l ostidagi 20 nafar futbolchiga o'yin amaliyotini deyarli teng taqsimlay olishi va o'yin balansini ham meyorda ushlab turish bo'yicha usta.

Anchelotti jamoani o'ynatgan taktik sxema 4-2-3-1ni aynan Yupp "Bavariya"da qo'llagan. Taktik taraflama jamoaning o'yin strategiyasi katta ehtimol bilan o'zgarmaydi. Yuppning qiladigan ishi muhitni yaxshilash va jamoa o'yinini bir mexanizimga solib olish.

Ushbu mutaxassis jamoaga qaytayotganidan barcha myunxenlik ishqibozlar va nemis matbuoti juda xursand. CHunki "Bavariya"ni mavsum yakuniga qadar qutqarib qolishi mumkin bo'lgan eng ideal variant va nomzod aynan Xaynkes edi.

Ammo Yupp 4 yillik tanaffusdan keyin qay darajadaga shiddat bilan o'zgarayotgan va tezlashayotgan futbolga kirishib, ko'nikib ketishi nomalum.

Uli Xyoness "Bavariya" kelajagini Yulian Nagelsmann, Yurgen Klopp yoki Yoaxim Lyov bilan qurmoqchi. SHu boisdan ham Tomas Tuxel variantidan voz kechildi va tez yordam sifatida nafaqadagi do'sti va "Bavariya" oilasining eng qadrli vakiliga murojaat qilindi.

Bu bilan klub rahbariyati kelajak haqida bemalol bosh qotirishi mumkin. CHunki hozirgi mavjud vaziyatni o'nglash to'liqligicha Yuppga topshiriladi. Uli Xyoness esa jamoaga bosh murabbiy topish va "Bavariya"ning uzoq yillardan buyon almashtirib bo'lmas "qanot"lari hisoblangan "Robberi"ga munosib voris izlashi kerak.

"Bavariya" futbolchilari endilikda nafaqadan qaytayotgan afsonaning juda chiroyli yakunlangan karerasini buzib qo'ymasliklari uchun ham dahshatli mavsumni o'tkazishga majburlar.


Ahil oila

Dastlab o'tgan yili kuzda klub prezidentligiga Uli Xyoness qaytdi. Yaqinda Noyerning jarohatidan so'ng o'tgan mavsum faoliyatini yakunlagan yana bir darvozabon Tom SHtarke qo'lqoplarini javondan olishga majbur bo'ldi. Endi esa nafaqada dam olayotgan Yupp Xaynkes nabiralarini oldiga kelmoqda.
Bu "Bavariya" qanday inoq va ahil oilaligidan darak beradi.

Qiyin pallada har doim birinchilardan bo'lib o'z yaqinlaring yordam qo'lini cho'zadi degani shu bo'lsa kerak.

G'alati boshlangan mavsumdan keyin "Bavariya" "boss"lari qafasdagi sherni jangga tashlashga majbur bo'lishdi. Qarib qolgan bo'lsada, "sher" baribir "sher"ligini qilishiga ishonishmoqda.

Yuppning "Bavariya"ga qaytishi jamoani eyforiyaga berilishiga, evropa grandlarini esa ancha sergak tortishiga sababchi bo'lishi aniq. CHunki Yupp Xaynkes davrida "Bavariya" o'z tarixidagi eng sermahsul mavsum va kuchli o'yinni namoyish etgan. Xaynkes boshqargan 2012-2013 yillardagi jamoaning o'yini tarixdagi eng kuchlisi deya etirof etiladi.

Qarib qolayotgan Riberi hamda Robben Yuppning ikki qanotiga o'tishi va ushbu mavsumda birga parvoz qilishlari lozim. Bu ikki haqiqiy afsonaning Myunxendagi faoliyatini yuqori notada tugatish uchun ajoyib imkoniyat.

Nafaqadan qaytayotgan Yuppning kelishi "Bavariya"ning bukilib qolgan qaddini ko'tarishga xizmat qilishi aniq...

Muallif :
Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика