So’nggi yangiliklar

03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  4 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  3 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  6 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  12 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  32 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  30 20:38РПЛ. Файзуллаев захирадан тушиб ассист қайд этган ўйинда ЦСКА ғалабага эришди, Ашурматов "Рубин" ғалаба қозонган ўйинда захирадан ўйинга қўшилди, "Акрон" эса...  16

Buyuk Britaniya nashri Osiyo kubogi-2023da etibor berish kerak bo'lgan o'yinchilarni sanab o'tdi, ular orasida o'zbekistonlik futbolchi ham bor Yangiliklar

Buyuk Britaniya nashri Osiyo kubogi-2023da etibor berish kerak bo'lgan o'yinchilarni sanab o'tdi, ular orasida o'zbekistonlik futbolchi ham bor

Buyuk Britaniyaning The Football Faithful nashri Osiyo kubogi-2023 haqida maqola chiqardi.

Mehdi Taremi – Eron

Mehdi Taremi musobaqada Eronni etakchi sifatida olg'a boshlaydi, Amir Galenoi shogirdlari 48 yil ichida ilk bor Osiyo kubogiga ega chiqishmoqchi.

31 yoshli futbolchi 71ta o'yinda 41ta gol to'p kiritgan holda rekordchi hisoblanadi, u 2019 yilda Yaqin SHarqdan Portugaliyaga ketganidan beri muvaffaqiyatli to'p tepmoqda.

"Rio Ave"dagi gollar Taremiga "Portu"ga yo'l ochdi, shundan so'ng u barcha musobaqalarda 171ta o'yinda maydonga tushib, 86ta to'p kiritishga erishdi. Portugaliya chempionatidagi to'purar sifatida ikki bor Bola de Prata'ni yutgan Taremining shartnomasi mavsum so'nggida yakuniga etadi va unga Evropaning bir qator top klublari qiziqish bildirmoqda.

"Inter" va "Manchester Yunayted" tajribali hujumchini erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirgan.


Ali Mabxut – Birlashgan Arab Amirliklari

Ali Mabxut – bu nom Evropa futboli muxlislari uchun notanish bo'lishi mumkin, ammo amirliklar hujumchisi Osiyo futbolida eng yaxshi forvardlardan biri sifatida ko'riladi.

33 yoshli o'yinchi milliy terma jamoa tarkibida 114ta o'yinda 84ta gol urgan holda barcha davrlarning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Birlashgan Arab Amirliklari oldin umuman Osiyo kubogini yutmagan, ammo so'nggi ikki turnirda yarim finalga etib borgan.

Mabxut 2015 yilda turning eng yaxshi to'purari bo'ldi va 2019 yil BAA to'rtlikka kirgan payta ikkinchi bor turnir ramziy jamoasidan o'rin oldi.

Butun faoliyatini vatanida o'tkazayotgan o'yinchi shayx Mansurga tegishli bo'lgan klublardan biri bo'lmish "Al Jazira"da barcha musobaqalarda 256ta to'p kiritgan. Bu turnirda BAA Osiyo kubogi uchun kurashadi va bu o'yinchi uchun so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin.


Abduqodir Husanov – O'zbekiston

Abduqodir Husanov Liga 1da o'ynagan ilk o'zbekistonlik o'yinchi bo'ldi.

19 yoshli futbolchi yozda o'tgan mavsum ikkinchi o'rinni egallagan "Lans" safiga o'tdi. U bu jamoaga Belarusning "Energetik-BGU" klubidan qo'shildi va Franciya oliy divizionida asosiy tarkibda beshta o'yin o'tkazishga ulgurdi.

Markaziy himoyachi terma jamoa tarkibida iyunda debyut qildi va o'shandan buyon milliy jamoada ettita o'yinda g'alaba qozondi. Husanov 2023 yilda 20 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo kubogini yutgan jamoa tarkibida edi.

Husanov ushbu turnirda Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida ishtirok etadigan yagona o'zbekistonlikdir.


Ko Itakura – Yaponiya

Yaponiya turnirni favorit sifatida boshlaydi va Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida o'ynaydigan iqtidorlari bilan maqtanishi mumkin.

"Brayton" hujumchisi Kaoru Mitoma va "Real Sosedad" yulduzi Takefusa Kubogi "Samuray Blyu"ning eng yorqin iqtidorlaridandir, bu jamoaning sardori esa "Liverpul" yarim himoyachisi Vataru Endo.

Tez orada porlashi mumkin bo'lgan yana bir o'yinchi Ko Itakuradir. "Liverpul" va "Tottenxem" joriy mavsum "Borussiya Myonxengladbax" himoyachisining o'sishini kuzatshidi. Angliya klublariga 26 yoshli o'yinchining to'p bilan ishlashi va universalligi yoqqan. Itakura markaziy yoki chap himoya poziciyasida o'ynaydi. 


Li Kan In – Janubiy Koreya

Son Xyon Min – Janubiy Korea yulduzi, shuningdek "Bavariya" himoyasida ham koreyalik Kim Min Je o'ynaydi.

Ushbu oliy daraja guruhiga intilayotgan o'yinchilardan biri Li Kan In yozda PSJ tarkibiga o'tdi.

22 yoshli futbolchi so'nggi haftalarda jamoadagi rolini yaxshilamoqda va o'tgan hafta CHempionlar kubogi doirasidagi "Tuluza" (2:0)ga qarshi o'yinda hisobni ochdi.

Uning yarim himoyadagi vazifasi hujumda Xvan CHi Xanni to'p bilan taminlash bo'ladi. Janubiy Koreya 1960 yil ketma-ket ikkinchi g'alabadan beri Osiyo kubogini qo'lga kiritmagan.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика