So’nggi yangiliklar

00:33Вадим Абрамов: "Барча мухлислардан узр сўрайман"  0 23:52КЧЖ. "Сиэтл Саундерс" - ПСЖ, "Атлетико" - "Ботафого"  1 23:43"Ал Ҳилол" Тео Эрнандесни сотиб олишга жуда яқин  0 22:52"Реал" Родригони 90 миллион еврога баҳолади. Агар "Арсенал"га қизиқ бўлган вингер сотилса, Алонсога керакли ярим ҳимоячи сотиб олинади   3 22:35Осимхен дунёнинг энг кўп маош олувчи футболчиларидан бирига айланиши мумкин  2 21:55Суперлига. Абдухолиқовга аталган оқшомда "Динамо" жорий мавсумдаги илк мағлубиятини "Бунёдкор"дан қабул қилиб олди  72 21:35Про лига. "Олимпик-MobiUz" "Жайхун"ни йирик ҳисобда таслим қилди  2 21:15Фирмино учун янги чақириқ: Туркия клуби расмий таклиф билан чиқди  1 20:30ПСЖ Баркола ҳеч қаерга кетмаслигини билдирди  1 19:30"Реал" Лунинни МЮга қўйиб юбормади  0 18:53Эрон 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмаслиги мумкин  36 18:20"Барса" футболчиси Францияга кетмоқда  0 17:52Турки Ал аш-Шайх Англия клубини сотиб олиш ҳақида ўйламоқда  1 17:24Вирцни қўлдан чиқарган "Бавария" "Арсенал" футболчисига юзланди  2 16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  4

Buyuk Britaniya EIni tark etsa Premer-ligaga nima bo'ladi? Yangiliklar

Buyuk Britaniya EIni tark etsa Premer-ligaga nima bo'ladi?

SHu kunlarda Buyuk Bratiniya Evropa Ittifoqidan chiqishi haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Agar bu sodir bo'lsa, Angliya chempionatiga nima bo'lishini bir muhokama qilib ko'ramiz.

EIdan chiqish kimga muammo keltirib chiqaradi

Buyuk Britaniyaning Evropa Ittifoqidan chiqishi borasida referendum tufayli, Premer-liganing yuzdan ortiq futbolchisi Angliyada ishlash ruhsatnomasida ayriladi. Ularning orasida Payet, Kante va Marsyal kabi futbolchilar bor.


Angliya futbol associaciyasida ishlashga ruhsat berish qoidalari:

- FIFA reytingida birinchidan o'ninchi o'ringacha egallab turgan terma jamoa futbolchisi milliy jamoaning so'nggi yildagi kamida 30% uchrashuvlarida ishtirok etishi kerak

- Reytingda 11-dan 20-o'rinni egallab turgan jamoa futbolchilari milliy jamoaning so'nggi yildagi kamida 45% o'yinida ishtirok etishi lozim.

Reytingdagi keyingi 10 mamlakat futbolchilari 60%, 31-50-o'rindagi jamoa o'yinchilari milliy jamoasining 75% uchrashuvida ishtirok etishi lozim.

Agar Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqini tark etsa, ushbu tashkilotga kiruvchi mamlakatlar futbolchilari quyidagi talablarga javob bermaydi.

EI mamlakatlarining bazi o'yichilari hech narsa yo'qotishmaydi. "Arsenal" hujumchisi Olive Jiru Franciya terma jamoasiga doimiy ravishda chaqiriladi va unda muammo bo'lmasligi kerak.

"Liverpul" universitetining sport iqtisodi kafedrasi katta o'qituvchisi Babtunde Buraimo bu borada o'z fikrini bildirdi. Uning fikriga ko'ra, Premer-liga klublari yuqori darajali futbolchi xarid qilishda katta muammoga duch kelishadi, chunki FA talablariga mos keladigan o'yinchilar ko'p emas.

Ingliz ekspertlarining taxminlariga ko'ra, talablar engillashtiriladi. Masalan, EIga kirmaydigan mamlakatlar (Norvegiya va SHveycariya) ham o'z futbolchilarini engillashtirilgan qoidalar bo'yicha taklif qilishi mumkin.

SHeffild universitetining katta o'qituvchisining aytishicha, jiddiy muammolar bo'lmaydi va yaqin ikki yoki uch yil ichida cheklashlar bo'lmaydi.

"Siyosatchilar qoidalarni engillashtirishi mumkin. Premer-liga Buyuk Britaniyaning eng ko'p foyda keltiruvchi mahsulotlaridan biri hisoblanadi" - deydi Babatunde Buraimo.

Britaniyalik siyosatchilar mamlakat g'aznasiga soliq sifatida daromad keltiruvchi katta maosh oladigan futbolchilarni hisobga olishi kerak.


Yosh futbolchilar bog'liq vaziyat

Yana bir omil - bu FIFAning futbolchilar maqomi va voyaga etmagan futbolchilar transfer borasidagi qarashi. EI doirasida 16 dan 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilarni xarid qilish mumkin. Ammo Buyuk Britaniya qoidalariga ko'ra, o'yinchi 18 yoshdan kichik bo'lmasligi kerak. O'z vaqtida "Arsenal" 16 yoshli Belerinni xarid qilishga muvaffaq bo'lgan.

EI azoligi yosh futbolchilarga futbol faoliyatini qurishda yangi imkoniyatlar ochadi.


Bundan kim yutadi

Evropa Ittifoqchi cheklovlari unga kirmaydiganlar uchun ko'plab muammolar keltirib chiqaradi. Afrika, Karib hovuzi, Janubiy Amerika va osiyolik futbolchilar bundan jabr chekishadi. Agar Angliya EIdan chiqsa, boshqa mamlakat futbolchilariga katta imkoniyat beriladi.


Translyaciyadan daromad

O'tgan yili Premer-liga raisi Richard Skuadmor Buyuk Britaniya EIda qolishi yaxshi ekanligini aytgan. Uning aytishicha, agar Angliya o'zining yulduzlaridan ayrilsa, translyaciya narxlari tushib ketishi mumkin. SHu sababli Skuadmor Buyuk Britaniyaning EIda qolishini qo'llab-quvvatlaydi. Eslatib o'tamiz, Angliya chempionati translyaciyasining hozirgi foydasi 5 mlrd. funtdan ortiq.


Xulosa

Birinchi variant. Yozgi transfer oynasi buzilishi mumkin - o'rtcha klublarning britaniyalik futbolchilari, ayniqsa yoshlarning narxi sezilarli darajada oshishi mumkin. Vaziyat Rossiya futbolidagiga o'xshab qoladi.

Ikkinchi variant. FA reglamentida o'zgarish bo'ladi va bu hech kimga zarar keltirmaydi. Ammo ushbu yangiliklar tez orada sodir bo'lishi qiyin.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика