So’nggi yangiliklar

22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  2 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  2 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  11 18:39"Юве" Копмейнерс бўйича таклифни яхшилайди – олдинроқ хавбек учун 45 млн евро беришганди. "Аталанта" уни 60 миллионга баҳоламоқда  0 18:15"Реал" Карвахаль ва Менди билан келишувни узайтиради  1 17:55Зафармурод Абдираҳматов: "Биз қўлимиздан келганча ҳаракат қилдик, лекин тўп дарвозага киришни истамади"  58 17:32"Интер" ва Дюмфрис йилига 4 млн евро маош билан 2028 йилгача шартнома бўйича келишувга эришди. Дензелга МЮ қизиққанди  1 17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  1 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  4 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  2

Buyuk Arsen haqida hikoya Yangiliklar

Buyuk Arsen haqida hikoya

Teglar :  ArsenalArsen Venger
Ko'pchilik kutganidek, Arsen Venger ushbu mavsumdan keyin "Arsenal"ni tark etadi.

Bungacha muxlislar "WENGER OUT", "Etib kelgan mutaxassis" deb yozilgan bannerlarni stadionlarda ko'tarib yurishgandi. 14 yil davomida chempionlikdan bebahra yurgan jamoa ustozi Arsen Vengerning "Arsenal"dagi eng baxtli lahzalarini eslaymiz.

10. ANGLIYA KUBOGI-2007 REKORDLARI

Venger Angliya kubogini 7 bora qo'lga kiritgan va ushbu 145 yillik turnirni barchadan ko'ra ko'proq yutgan. "CHelsi" va "Liverpul" birgalikda 7 marta Angliya kubogiga ega chiqqan. Bu esa Vengerning natijalari alo darajada ekanligini tasdiqlaydi.

2007 yilgi kubok o'yinlarining borishi qiziqarli o'tgan. Venger o'sha mavsumda jamoada 3-4-3 sxemasini ishlatayotgandi, bu esa "Arsenal"ni o'zgartirdi va so'nggi 10 uchrashuvning 9tasida g'alabaga erishdi. Yarim finalgacha jamoa Angliyaning ikki grand jamoasini mag'lub etdi. "CHelsi"ga qarshi uchrashuvda esa "Arsenal" raqibini har tomonlama mag'lub etdi.

9. 2007/08 yildagi "ARSENAL"ning O'YINLARI

Venger jamoasini ilk navbatda tezkor qilib tarbiyaladi. Ikkinchi davraga borganda francuz murabbiyining "Arsenal"i to'pni ushlab turish va texnikaga tayangan o'yin ko'rsatdi. Bu esa o'sha zamon futboliga mos edi. 2007/08 yilgi mavsumdagi jamoa muxlislarning etiboriga tushdi. Haqiqatdan ham, aynan o'sha mavsumdan keyin "Arsenal"ning muxlisi ko'paydi.


Yozda "kanonirlar" Terri Anrini yo'qotdi, u o'sha mavsumda jamoani bir balansda ushlab turgandi. Jilberto Silvaning Amerika kubogidagi ishtiroki sababli "Arsenal"ning markazida Mate Flaminiga imkoniyat berildi. SHuningdek, Sesk Fabregas ham ideal darajada o'ynadi. SHu orqali "Arsenal" kosmik darajada o'yin ko'rsata boshladi, yarim mavsum dahshatli darajada o'tdi. Biroq Ser Aleksning "Yunayted"i tufayli "Arsenal" sovrinsiz qoldi. Biroq "to'pchilar" o'sha mavsumda 83 ochko to'pladi (bu natija 1997/98 yilgi mavsumdan keyingi eng yaxshisi edi). 

8. 2014 yil ANGLIYA KUBOGIDA "XALL" USTIDAN QOZONILGAN G'ALABA

Agarda "Arsenal" o'sha finalda mag'lub bo'lganida Venger jamoadan ketishini bilgandi. Ammo ilk daqiqalardanoq jamoa ikki tezkor gol o'tkazib yubordi. Dahshatli o'tgan 60 daqiqadan keyin Arsen Yaya Sanogo va Olive Jiruni o'yinga tashladi va taktik sxema 4-4-2ga o'zgardi. Avvaliga Sanogo "Xall" himoyasini ortda qoldirgan holda gol kiritdi. Keyinchalik jamoa qo'shimcha vaqtlarda g'alabani ilib ketdi.

7. ECHL-2005/06dagi  

2005/06 yilgi mavsum Venger qo'l ostidagi "Arsenal" uchun juda yomon o'tdi. Biroq Arsen o'z jamoasini ECHL finaligacha olib bora oldi. U shogirdlarini ushbu bahsga qarshi hujumga moslashgan 4-5-1 taktik sxemasini tanladi. Yens Lemann esa ECHL pley-off bahslarida birorta gol o'tkazib yubormadi.

Barcha omad ishonchli himoyaga bog'liq bo'ldi. Emmanuel Ebue va Filipp Senderoslar boshqaradigan himoyadan o'tish juda qiyin edi. Finalgacha etib borish Arsenni tanqidlardan asrab qoldi.

6. SOL KEMPBELL BILAN SHARTNOMA IMZOLASH

Sol Kempbell ancha vaqt Arsen Vengerning nazarida bo'lgan. Franciyalik murabbiy ushbu futbolchi jamoani kuchaytira olishiga ishongandi. O'sha vaqtlarda u bilan "Tottenxem" ham shartnoma imzolash harakatida bo'ldi. Biroq transferning dastlabki davrlarida u katta tanqidga uchradi. Hattoki Solni akasi Toni ham tanqid qilgandi.

Keyinchalik u futbol tarixidagi eng omadli transferlardan biriga aylandi. Sol "Arsenal"ning asosiy futbolchisi bo'ldi. U orqali "Arsenal" xohlagan raqibning himoyasini yorib o'ta olardi. Usiz 2001/2002 yilgi mavsumda oltin dubl bajarishning yoki mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlashning iloji yo'q edi.

5. TERRI ANRINING TRANSFERI

Venger futbolchilarning ochilmagan qirralariga erk berib yuborardi. Bu borada Anri barchaga namuna bo'lishi mumkin. U "Arsenal"ga chap qanot yarim himoyachisi sifatida borgandi. Keyinchalik jamoani hujumchi va to'purar sifatida tark etdi. Anri buyuk futbolchi va APL tarixidagi eng yaxshi assistent bo'lib qoladi.

2001/02 yildagi OLTIN DUBL

2001/02 yilgi mavsumning yakunida barcha dahshatli "Arsenal"ni ko'rdi. 17 turdan keyin jamoa chempionatning 4-pog'onasini egallab turgandi. Biroq o'sha mavsum yakuniga qadar jamoa biror marta ham mag'lub bo'lmadi. 21 uchrashuvda ketma ket g'alabaga erishdi.


Venger eposining starti "Enfild"ga to'g'ri keldi. "Liverpul" jamoaning chempionlik poygasidagi asosiy raqibi bo'lib turdi. Keyinchalik "Nyukasl" Dennis Bergkampning ajoyib gollari evaziga mag'lub etildi. SHuningdek, Rober Pires chiroyli o'yin namoyish etdi, u hattoki "Oltin to'p"ga ham davogarlik qilishi mumkin bo'lgandi. Har holda muxlislar shunday hisobladi.

3. "EMIREYTS"

Yangi stadionning qurilishi va uning muhimligini barchaga tushuntirish shart emas. 2002 yilda "Arsenal" stadion qurilishini boshladi, bu esa jamoani top-darajaga olib chiqishning qo'li edi. "Arsenal" superklublar bilan teng kelish uchun transferlarga qo'l urmadi va aqlli qarorlar chiqara boshladi. Bu esa keyingi rejalar "iqtisodiy doping"dan chiqib ketish va APL bilan teleshartnomani yaxshilash uchun ham xizmat qilishi kerak edi. Venger esa transferlar qilishga shoshilmadi va son emas, sifatga etibor berdi. Bu esa uning eng yaxshi sifati bo'ldi. Venger jamoasi bilan "Enfild"dagilarga olam-olam quvonch keltira oldi.

2. ILK CHEMPIONLIK

Ilk davrlarda Venger Angliya futboli bilan tanishdi, futbolchilar izladi, yaxshilarini topdi va mayda detallargacha etibor berdi. Bu esa "Arsenal"ni raqobatbardosh saviyaga olib chiqa boshladi. Jamoa sovrinlarga davo qilishga intildi. Arsenning talimoti va taktik sxemalari o'zini oqladi.

1997/98 yil - Venger uchun ilk to'liq mavsum bo'ldi. U jamoani 4 himoyachi bilan o'ynatdi, 4-4-2dan foydalandi, biroq uning qo'l ostida ikkita klassik hujumchilar yo'q edi. Ammo asosiy ishni Dennis Bergkamp bajarardi. Franciyalik murabbiy 4-4-2ni mukammallashtira oldi.

SHu boisdan jamoa o'sha mavsumda juda kuchli o'yin namoyish etdi. "Everton"ga qarshi bahsda chempionlikni rasmiylashtirdi. "Arsenal" ilk mavsumdanoq sovrin qo'lga kiritdi.

1. ENGILMAS "ARSENAL"

"Agarda o'zingga ishonmasang, hech qanday imkoniyat olmaysan", - degandi Arsen Venger.

2003/04 yilgi mavsumda "Arsenal" APL tarixidagi yagona natijani qayd etdi  - mag'lub bo'lmasdan chempionlik. "Arsenal" barchadan kuchli bo'ldi. 2002 yili Arsen shunday fikr bildirgandi: "Biz mag'lubiyatga uchramasdan chempion bo'lishimiz mumkin. Biroq tushunmayapman, bu gapim nima uchun sizlarni shokka tushurmoqda".

Buyuk hujumkor to'rtlik - Yungberg, Pires, Bergkamp, Anri bir necha mavsumdan buyon birga to'p surayotgandi. Undan oldingi mavsum bilan o'sha davrdagi "Arsenal"da esa katta farq bor edi. Engilmaslar kuchaygan, himoya va hujum bir balansda ushlab turilardi. Venger Kolo Ture va Yens Lemann bilan shartnoma imzoladi.

O'shanda "Arsenal"ning himoyachilari ham hujumda o'ynashni xush ko'rardi. Arsen bilan birgalikda jamoa himoya chizig'ida zich o'yin ko'rsatdi va hech qanday raqibni o'tkazib yubormadi. Oqibatda "Arsenal" engilmasdan chempionlikka erishdi.

Buyuklar buyuligicha qoladi, biz seni unutmaymiz, buyuk Arsen!

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика