So’nggi yangiliklar

00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  1 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  2 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  0 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  3 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  0 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  18 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  103 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  9 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  58 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  9 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  14

"Buxoro"ning ahvoli nega tang? Yangiliklar

"Buxoro"ning ahvoli nega tang?

Yoki bunga sabab bo'lgan holatlar va ularni bartaraf etish borasida ko'rilayotgan choralar haqida.
"Buxoro" bu yil oliy ligadagi o'rnini saqlab qola oladimi? Futbol bo'yicha mamlakat milliy chempionati hali birinchi davrasi nihoyasiga etmayoq masalaning bu tarzda tahlikali qo'yilishi tasodif emas. "Buxoro"ning ahvoli tangdan-da tang.

Jamoa o'tkazilgan o'n bitta turning loaqal birortasida g'alaba nimaligini bilmadi. Mag'lubiyatlar soni bo'yicha ham rekord bizga tegishli. Amallagan ikki durangimiz, atigi qo'sh ochkomiz bor.

Xullas, "Buxoro" turnir jadvalining eng so'nggi pog'onasida "mix"lanib qolgan. Xo'sh, nega bunday ahvolga tushib qoldik? Mahoratimizu taktikamiz g'o'rligi sabab muvaffaqiyatsizliklarga uchrayverdik, ahvolni o'nglash choralarini ko'rish o'rniga bosh murabbiy Aleksandr Mochinovning mo'jiza qilishini kutdik. Oliy liga jamoasini boshqarishda hech qanday tajribaga ega bo'lmagan bosh murabbiyga ishondik. Tabiiyki, vaqtni ancha boy berib qo'ydik.

Buning esa nimaligini boshdan kechirganmiz. 2009 yilda ishonch bildirganimiz-bosh murabbiy Rauf Inellevda salohiyat etishmadi. "Buxoro" oliy ligada n tushib ketdi. Bu bizga saboq bo'lmadi. 2011 yilda oliy ligaga qaytgan jamoamizga Gennadiy Kochnev bosh murabbiy edi. Uning rahbarligida ham jamoa o'z o'yinini topolmadi. Muvaffaqiyatsizlikka mubtalo bo'lib, turnir jadvalining xavfli zonasiga kelib qoldi. SHunday qaltis bir paytda "Buxoro" safarda "Olmaliq" maydonida 1:6 hisobida yirik mag'lubiyatga uchragach, klub rahbariyatining toqati toq bo'ldi. Gennadiy Kochnev istefoga chiqarildi. Uning o'rniga Jamshid Saidov chorlandi. Yangi bosh murabbiy to'g'ri taktika tanlab, o'yinchilarini oldinga qo'yilgan maqsad sari jipslashtira bildi. Natijada so'nggi to'rt o'yinda 8 ochko jamg'argan holda chempionatni sakkizinchi o'rin bilan yakunladik.

Kelgusi yilgi mavsum boshlarida esa "Buxoro"ning ishlari yana yurishmadi. Bosh murabbiylikka Tachmurod Agamurodov taklif qilindi. Tanlov to'g'ri edi. Tajribali murabbiy ikkinchi davrada jamoani mahoratli o'yinchilar bilan kuchaytirdi. 2012 yilgi chempionatda ettinchi o'rin band etildi. Undan keyingi mavsum yanada yaxshi bo'ldi. "Buxoro" tag'in bir pog'ona yuqori ko'tarildi. Lekin chempionat poyonida etganida kutilmaganda Tachmurod Agamurodov istefoga chiqarildi.

Bunday o'zgarishni ko'pchilik ishqibozlar jamoaga 2014 yilda yanada yuqori natijani vada qiladigan bosh murabbiy keladi, deb anglashdi.

Yangi bosh murabbiy Edgar Gess bo'ldi. Uni tajribali murabbiy deyishadi. Lekin uning rahbarligida "Buxoro"ning ishi yurishmadi. Muvaffaqiyatsizliklar Gess bilan xayrlashishga olib keldi. Mavsumning ikkinchi yarmida bosh murabbiy "rul"iga Seitov o'tirdi. Yangi mutaxassis etakchiligida jamoa oliy ligadagi o'rnini saqlab qoldi.

Lekin negadir joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik aynan Seitov emas, balki "Bunyodkor"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan Aleksandr Mochinov rahbarligida boshlandi. Bizningcha, bosh murabbiyni tanlashda u ilgari nimaga erishganligini-yu qurb-qudratini o'rgangan holda yondashuv amal qilishi kerak Afsuski, bu qoidaga hamisha ham rioya qilinmaydi.

Odatda yangi bosh murabbiy ishni jamoani shaklantirishdan boshlaydi. Bu borada uning o'z qarashlari, chamalari bor. Mochinov ham tarkibni yangiladi. Bir qator o'yiinchilarni taklif qildi. Afsuski, ular orasida futbolchilik faoliyatini yakunlash arafasida turgan Zayniddin Tojiev(u bilan birinchi davra o'rtasida xayrlashildi) va Vyacheslav Ponomarev ham bor edi. Bultur jamoamizda to'p surgan Ulug'bek Baqoev, Anvar Rajabov, Firdavs Asadov, Umrulla Ramazonov singari Buxoro futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bilan shartnoma uzaytirilmadi. Yana bir tajribali o'yinchi Bahriddin Vahobovga ham jamoada o'rin topilmadi.

Bugun Bahriddin nafaqat "Zarafshon"(Qizilqum)da, balki mamlakat chempionatida tilga tushgan hujumchi. U hozircha 11 gol bilan to'purarlar bahsida etakchi. SHu o'rinda bir muqoyasa: butun boshli "Buxoro" jamoasi raqiblar darvozasiga kiritgan to'plar esa atigi 10 ta.

Klub homiy oldida, o'z navbatida bosh murabbiy uning oldida hisobdordir. Va albatta, ularga umid bilan qaraydigan ishqibozlar oldidagi masuliyatni ham unutmaslik kerak.

Ammo "Buxoro" futbol klubida bunga amal qilinmadi. Ishini eplagan Agamuradov va Seitovlarni chetlashtirish o'zini oqladimi? Yo'q! Ular o'rniga Gess, Mochinovni taklif qilish samara bermadi. Bu kabi o'zini oqlamagan qarorlar uchun klubda kimdir javob berishi kerak-ku!!! Ishonchni oqlamagan bosh murabbiylar uchun sarflangan mablag' klub mutasaddilaridan undirib olinganida edi, ular engil-elpi qaror qabul qilishga shoshilishmagan bo'lur edi. Ha, yuqoridagi holatlar klubda professionallik, trener-mutaxassis tanlashda kollegiallik etishmagani oqibati bo'ldi.

Yaqinda viloyat futbol Federaciyasi rahbariyatining qatiyati bois klubda tub o'zgarishlar yuz berdi. Uning ijrochi direktorligiga bundan ikki yil ilgari shu vazifada faoliyat ko'rsatgan Alisher Rustamov saylandi. Birovlarning xatosini tuzatish unga, maslakdoshlariga oson bo'lmaydi. Mochinovdan so'ng vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajargan SHuhrat Fayziev o'rniga kelgan, hozirgacha "Mashal" futbol akademiyasida ishlagan 38 yoshli Jamshid Saidovni ham olqishlar kutib turgani yo'q. Undan va yangi shakllangan murabbiylar shtabidan jamoaning o'z kuchiga bo'lgan ishonchini yuzaga chiqarish, futbolchilar imkoniyatlari darajasida harakat qilishlari uchun rag'bat uyg'otish, nomaqbul taktik usullardan voz kechish va yana muhimi, jamoada sog'lom muhitni qaror toptirish talab qilinadi.

Albatta, hozirdan boshlab, ikkinchi davrada tarkibni yangi kuchlar hisobiga kuchaytirish lozim. Tabiiyki, bu mavsum boshidagiga nisbatan ikki karra ortiq kuch, jumladan mablag' ham talab qiladi.

Xotimada yana o'sha savol: "Buxoro" bu yil oliy ligada qoladimi? Bu zalvorli savolning ijobiy javobi masullarning ishqibozlar qalbidagi og'riqni dildan his etishlari, xatolardan tegishli xulosa chiqarishlari, qatiy, aniq, asosli choralar ko'rishlariga bog'liq.

Erkin YODGOROV, "Buxoronoma" muxbiri.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика