So’nggi yangiliklar

15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  1 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  19 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  20 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  5 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2

"Buxoro"ni "Nurafshon"ga qaytaraylik Yangiliklar

"Buxoro"ni "Nurafshon"ga qaytaraylik

Bu jamoaning barcha muxlislari talabi. Jamoamiz hozirda juda qiyin ahvolda. Sababi juda oddiy.
Birinchidan, jamoa ichida tanish bilishchilik birinchi o'ringa chiqqan. Agamurodovdan tortib barcha jamoa xodimlari faqatgina o'ziga tanish bo'lgan futbolchilardan foydalanib kelmoqda edi. Oddiy misol Evgeniy Kochnevning yakuniga etgan mavsumda bir necha bor tarkibdan o'rin olgani, masxaraboz Botir Nosirovni tarkibga jalb qilinishi. Endi navbat Gessga keldi. Yana o'sha tanish bilishchilik davom etadi shekilli. Aleksandr Vostrikovning jamoga kelishi mumkinligini o'zi bunga bir ishora. Bizga bu futbolchi kerakmi o'zi? Agamurodov bir yillik jamoa tuzib jamoa kelajagini inqirozga uchratib ketgani etar. Bizga kamida jamoaga 5 yillik shartnomaga imzo chekib, o'ynab beradigan, shundan keyin ham faqatgina Evropa klublariga yo'l olishi mumkin bo'lgan futbolchilar kerak. Baqoev, Sergienko, Zaxarov, SHaripov, Toshevlar kerak bizga.

Gapni ochig'ini aytadigan bo'lsak maqsadsiz jamoaga muxlislik qilishdan zerikdik.

Bu yil rahbariyat bor etiborni mahalliy futbolchilarga qaratishini aytyapti. Bu degani yana 9-10 o'rinlarda yuramiz degani. Muxlislarga jamoani 60% mahalliy buxorolik futbolchilar, 40% o'zbekistonlik yosh istedodli futbolchilar kerak. Menimcha legionerlar hozircha shartmas. CHunki saviyali ligionerlar olishga jamoa na selekciya xizmatiga, na moliyaviy salohiyatga ega. Faqatgina Kvesieshvili qaytsa xursand bo'lardik. Yagona eng samarali yo'l "Nurafshon" yo'lidan borib ichki selekciyani kuchaytirish, iloji bo'lsa jamoa muxlislari haqqi  hurmati jamoa nomini "Nurafshon"ga o'zgartirish.

Biz bir guruh muxlislar 2014 yilgi "Nurafshon" tarkibini orzu qilib tuzib chiqyapmiz. Bizningcha klub rahbariyatinig bu jamoani tuzishga sharoiti bemalol etadi.

Viloyat hokimi Esanov Muhiddin Turdievichdan ushbu futbolchilarni xarid qilib, jamoa nomini "Nurafshon"ga o'zgartirishni iltimos qilib so'rab qolamiz.

2014 yil "Nurafshon" jamoasi tarkibi (Muxlislar orzusi)

Darvozabonlar: Sardor Qobuljonov, Farrux Turdialiev, Viktor Mochalov
Himoyachilar: Bobur Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Tohirjon SHamsiddinov, Georgi Kvesieshvili, Sardor Raxmonov, Mirjalol Qurbonov, Ilya Ilin, Sergey Ivlev.
Yarim himoyachilar: Azizbek Murotov, Alisher Sanoev, Alisher Mahmudov, Otabek Valijonov, SHahzod Sulaymonov, Jamshid Hasanov, Sanjar SHorahmedov, Suxrob Nematov, Nozimjon Umurov, Mirshaxob Rahimov, Suxrob Qobilov, Davlatbek Yorbekov, Muxammadjon Abdullaev, Abdumuttalib Abdullaev, SHavkat Salomov.
Hujumchilar: Firdavs Asadov, Bahodir Pardaev, Bahriddin Vaxobov, Akobir To'raev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Ruslan Sanoev, Ulug'bek Baqoev.

Izoh: Ushbu futbolchilar bilan besh yillik shartnoma tuzilsa, 2 yildan keyin medallar uchun kurashsa bo'ladi.

Jamoaning 43 nafar sodiq muxlislari nomidan.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика