So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  12 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  72 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  3 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  4 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  2 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  0 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  5 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

Buxorolik hakam faoliyatini yakunladi. Nega? Yangiliklar

Buxorolik hakam faoliyatini yakunladi. Nega?

Gap Coca-Cola Superliga orqali sizga yaxshi tanish bo'lgan Elyor Tursunov haqida ketyapti.

Hammasi 8-tur doirasidagi "So'g'diyona" 1:2 "Nasaf" o'yinidan keyin boshlandi. Jangovar va asabiy ruhda o'tgan uchrashuvda uncha-muncha referini qiynab qo'yadigan vaziyatlar sodir bo'ldi. 


O'yin nazoratchisi Bobur Haydarov buxorolik referining harakatlarini qoniqarsiz deb topib, "2" baho bilan "siylagan". U o'z qarorini 79-daqiqada sodir bo'lgan epizod bilan asosladi. Haydarovning fikriga ko'ra, Elyor Tursunov o'sha vaziyatda "Nasaf" darvozasi tomon 11 metrli jarima zarbasi belgilashi kerak edi.

Qoida bo'yicha "2" olgan referi malum muddatga diskvalifikaciya qilinadi. Va bu vaziyat O'zFHM tarkibidagi maxsus komissiyada ko'rib chiqiladi. Komissiya tarkibidagi tajribali mutaxassislar esa Tursunovning harakatlarini to'g'ri baholab, nazoratchi epizodga baho berishda adashganini bildirdi. 

Eshitishimizga qaraganda, Jizzaxdagi o'yindan keyin O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev ham markaziy to'qnashuvdagi dadil harakatlari uchun bosh hakamga tashakkurini etkazgan.

Elyor Tursunov odatiy ishini davom ettirishi kerak edi. Ammo oradan 1,5 oy o'tsayamki, referi asossiz ravishda Superliga bahslaridan chetda qoldirilmoqda. Bu bo'yicha hech qanday tushuntirish ham, sabab ham ko'rsatilmayapti.

SHu o'rinda savol tug'iladi: Tursunovni kim, nima uchun chempionatdan chetda qoldirdi? Hakamlar xato qilsa, jazolanadi. Bobur Haydarovga nisbatan ham qandaydir chora ko'riladimi? Yoki nazoratchilarga adashish mumkinmi?


Ushbu voqeadan keyin "emagan somsasi uchun pul to'lashdan" charchagan, hakamlakning kelajagi bo'yicha hech qanday umidi qolmagan arbitr sohadagi faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Elyor Tursunov bildirgisini O'FA rahbariyatiga taqdim qilib, allaqachon ketgan.

Xullas, chempionatimizdagi referilar soni yana bittaga kamaydi. Bu futbol rahbarlari uchun jiddiy signal bo'lishi kerak. CHunki Elyor Tursunov jismoniy holati talab qilgani uchun ketmadi (u hali 32 yoshda). Qandaydir korrupcion holatlar tufayli chetlatilmadi. U adolatsizliklardan charchagani uchun ketyapti...

P.s. Agar bir mutaxassis tayyor nonini tashlab, sohadan ketib yuboradigan darajada charchagan bo'lsa, mavjud tizim haqida qayta o'ylab ko'rilishi kerak.

obuna bo'ling → "Futbol ANALIZI"

Muallif :
Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика