So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  28 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

"Buxoro"ga nisbatan sankciya qo'llanilmasa, ishga FIFA aralashadi" Yangiliklar

"Buxoro"ga nisbatan sankciya qo'llanilmasa, ishga FIFA aralashadi"

Futbolchilar oldidagi qarzdorlik va shunga o'xshash holatlar har mavsum jamoalarimizda uchrab turadi.

Hozir esa gap "Buxoro" klubi haqida ketmoqda. Esingizda bo'lsa, mavsum boshlanishidan oldin saytimizda "Buxoro" 2020 yilgi mavsumda o'z safida o'ynagan futbolchilar oldida qarzdorlikni hamon yopmagani haqida xabar chiqqan edi. Unda klubga jiddiy chora ko'rilishi yoki mavsumni minus ochkolar bilan boshlashi aytilgan. Lekin mutasaddilar klubga bu borada imkoniyat va vaqt taqdim qilishdi. Ammo holat o'sha-o'shaligicha qolmoqda. 

Professionalizmning tubi: "Buxoro" atrofidagi mantiqsiz va kulgili voqealar

Biz mazkur jarayon yuzasidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoevga murojaat qilib, fikrlari bilan qiziqdik.

- Klublarning futbolchilar oldidagi qarzdorliklari bilan bog'liq muammolar kecha yoki bugun paydo bo'lib qolgani yo'q. "Buxoro"dagi vaziyat ham yangilik emas. Hamma gap muammoning echimida va agarda qarzdorlik bartaraf etilmagan taqdirda klubga qanday chora ko'rilishida. Mavsum boshida jamoa Pro ligani minus ochkolar bilan boshlashi aytilgandi. Dastlab, shunga aniqlik kiritib o'tsangiz?

- To'g'ri takidladingiz. "Buxoro"ning o'tgan yilgi futbolchilardan katta miqdorda qarzi mavjud.  Avvalo, klub 1 martga qadar to'lab berishini vada bergandi. Undan so'ng imkoniyat bo'lmagani tufayli 1 mayga qadar barcha futbolchilar oldidagi qarzlar bartaraf qilinishiga vada berildi. Futbolchilarning o'tish va maqomi  bo'yicha qo'mita yig'ilish o'tkazib, 1 maygacha muddat berdi. Biroq "Buxoro" shu kungacha oldidagi to'lovlarni bajarmay keldi va qo'mitaning qarorini amalga oshirmadi. Tartib-intizom qo'mitasi bu borada tez kunda yig'ilish o'tkazib, jamoadan ochko olishi kerak. SHuningdek, mazkur masala yuzasidan O'zbekiston futbol associaciyasiga murojaat bilan chiqqanmiz. Associaciya bosh kotibi Avaz Maqsumovdan javob xati ham olganmiz, deya olaman. Ayni paytda tartib-intizom qo'mitasining qarorini kutyapmiz. 

- Hozirda klub rahbariyatida o'zgarishlar yuz bermoqda. Balki vaziyat ijobiy tomonga o'zgarar?

- Klub nafaqat o'zining nomini, balki O'zbekiston futbol associaciyasini ham noqulay ahvolga solmoqda. Agarda ertaga klubga sankciya qo'llanilmasa, ishga FIFA aralashadi. Biz buni istamaymiz. Lekin har bir qarorga, reglament talablariga javob berish kerak. Murabbiy yoki direktorni almashtirish klubning ichki ishi. Asosiysi, qarzdorliklar bartaraf etilishi kerak. 

- Qarzdorliklar bor klublarimiz yana bormi? Masalan, "Andijon"da ham o'tgan yilgi futbolchilardan qarzdorligi haqida eshitdik...

- Ular ham 1 mayga qadar to'lab berishlari kerak bo'lgan qarzni qisman yopishgan. Bu bo'yicha ham PFLga murojaat qilganmiz. 

- "SHo'rtan" Kriushenko va Varivonchik oldidagi qarzlarni to'lab berdi. Jamoa yangi futbolchilarni qachondan boshlab ro'yxatdan o'tkaza oladi?

- "SHo'rtan" uzoq kutilgan muammoga barham berdi. SHunga qaramay, birinchi transfer oynasida futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olishmadi. Endi yozgi transferlar oynasi ochilishini kutishadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика