"Buxoro"da ruminiyalik murabbiy ish boshladi

Aslanov Jasurbek
5 avg 2020, 07:20
"Buxoro" murabbiylar shtabi yana bir xorijlik mutaxassis bilan kuchaytirildi.

"Buxoro" jamoasi bosh murabbiyiga aylangan Jamshid Saidov o'zining shtabiga o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan, ruminiyalik mutaxassis Augustin Chiricani qo'shib oldi. U jamoada doimgidek jismoniy tayyorgarlik bo'yicha faoliyat olib boradi. 

Ushbu murabbiy bundan avval "Bunyodkor", "Sug'diyona" jamoalarida Sergey Lushanga yaqindan ko'maklashgan edi . Shuningdek O'zbekiston milliy terma jamoasini 2018 yil Urugvayga qarshi bahsga tayyorlashda yordam bergan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia