“Buxoro” yig'inida ham yangi futbolchilar bor
07 jan 2016 09:00
Yangiliklar
“Buxoro” yig'inida ham yangi futbolchilar bor
Toshkentda yig'in o'tkazayotgan buxoroliklar safida yangi futbolchilarni ko'rish mumkin.
Bular – Muhiddin Xudoyorov, Alisher SHog'ulomov va SHoxruh Xolmatovdir. Yakunlangan mavsumda “Dinamo” darvozasini qo'riqlagan Xudoyorov 16ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 24ta to'p o'tkazib yuborgandi. Samarqandliklar quyi ligaga tushib ketgach, 26 yoshli darvozabon jamoa bilan xayrlashishga qaror qilgan ko'rinadi. Bu bejiz emas albatta. Sababi “Buxoro” murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Tachmurod SHamakovich uning imkoniyatlarini yaxshi biladi.
Bundan tashqari Alisher SHog'ulomovning ham buxoroliklar bilan mashg'ulotda ishtirok etayotganini aytish lozim. SHuningdek “Qo'qon-1912”dan SHoxruh Xolmatov ham ayni damda “Buxoro” ko'rigidan o'tmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar