So’nggi yangiliklar

18:48Фаластинлик футболчи Исроил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди  1 18:21Роналду Трампга дастхати туширилган либосини ҳадя қилди  3 17:53"Сурхон" жароҳат олган ҳужумчисининг ҳолати ҳақида маълумот берди  1 17:25"Тоттенхэм" МЮ футболчисига қизиқиб қолди  0 16:58Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойдаги турнирда қатнашади  5 16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  2 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  9 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  0 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  7 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  6 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  18

"Buxoro": Yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkazildi Yangiliklar

"Buxoro": Yangi futbolchilarni tanishtirish marosimi o'tkazildi

Teglar :  Buxoro
Buxoro shahridagi “Viloyat musiqa va drama teatri”da “Buxoro” jamoasi yangi mavsumdan oldin ananaviy tarzda yangi futbolchilar taqdimotini o'tkazdi.

Ushbu tadbirda Buxoro viloyati hokimi Muxiddin Turdievich Esanov, “Buxoro” jamoasi bosh direktori Alisher Hikmatovich Rustamov, Buxoro viloyat hokimligi madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i Jamshid Umarovich Rashidov, “Buxoro” jamoasi maslahatchi murabbiyi Tachmurad SHamakovich Agamuradov, “Buxoro” jamoasi bosh murabbiyi Jamshid Jalolovich Saidov va “Buxoro” jamoasi futbolchilari ishtirok etishdi.

Buxoro viloyati hokimi Muxiddin Turdievich Esanov so'zga chiqar ekanlar, quyidagi fikrlarni bildirib o'tdilar:

“Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlar. Barchangizni kirib kelayotgan yangi futbol mavsumi bilan chin qalbimdan tabriklayman. Buxoro futboli o'zbek futbolida o'z o'rniga ega ekanligini hamma yaxshi biladi. Muhtaram yurtboshimizning tashabbuslari bilan bugungi kunga kelib barcha sport turlariga juda katta etibor berilmoqda, xususan futbolga ham. Bu yildan etiboran Buxoro futbolini, “Buxoro” jamoasini o'zligiga qaytarishni maqsad qilib qo'ydik. Bu ishni bolalar futbolidan boshlaymiz. Kelasi yil navro'z bayramigacha Buxoro shahrida zamonaviy shart-sharoitlarga ega bo'lgan futbol akademiyasini ochamiz. Buxoroda isdedodlar talaygina, endi ular Buxoro futbol akademiyasida malakali murabbiylar qo'l ostida futbol sirlarini o'rganishlari uchun imkoniyat paydo bo'ladi.

O'tgan mavsum “Buxoro” uchun juda og'ir yil bo'ldi, lekin bizni to'g'ri tushungan, jamoaga sadoqatligini barchaga ko'z-ko'z qilgan muxlislarimizga rahmat aytaman. Muxlislar  jamoani og'ir damlarida yolg'izlatib qo'yishmadilar va haqli ravishda mana bir necha yildir-ki, stadionga tashrif buyurish bo'yicha yaqqol etakchilikni qo'lga olishmoqda.

Bunday ajoyib muxlislari bor jamoa, muxlislari hurmati yuqori o'rinlarda bo'lishi shart! SHu munosabat bilan yangi kirib kelayotgan mavsumda “Buxoro” jamoasi oldiga yuqori maqsadlarni qo'ydik. Xudo xohlasi bu yil sovrindorlar qatoridan o'rin olishni rejalashtirganmiz va shu bilan birga OCHL ga yo'llanmani qo'lga kiritishga astoyidil bel bog'ladik. Bu ishni amalga oshirish uchun esa imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham etadi.

Muxlislarimizga bitta iltimosim va talabim bor, muxlislik madaniyatini oshiraylik. Muxlislik madaniyatini sanat darajasiga ko'taraylik! Futbol qanday rivojlanib borsa, muxlislik madaniyati ham shunga mos tarzda rivojlanishi shart. 5 mart kuni boshlanadigan chempionatimizda 20 mingli to'lib toshgan stadionimizda ko'rishguncha sog' bo'linglar!

SHundan so'ng so'z “Viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi” boshlig'i Jamshid Umarovich Rashidovga berildi:  

“Assalomu alaykum hurmatli muxlislar. Barchangizni kirib kelayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Darhaqiqat, so'nggi yillar davomida jamoamizning natijalari havas qilarli darajada bo'lmadi. Lekin bu yilgi mavsumdan niyatlarimiz katta. Muxiddin Turdievichning Buxoro futbolini yangi bosqichga chiqishini ko'zlab qilayotgan ishlari albatta o'z mevasini berishiga ishonamiz. Bugungi kunga kelib “Buxoro” jamoasida mamlakatimizning eng iqtidorli, tajribali futbolchilari jamlanishgan. Bu futbolchilar muxlislarimizni stadiondan ajoyib kayfiyatda uylariga qaytishlari uchun qo'llaridan kelgancha harakat qilishlariga ishonamiz”-deya o'z fikrlarini yakunladi Jamshid Umarovich.

SHundan so'ng yangi futbolchilarga tantanali tarzda ismlari tushurilgan futbolkalari topshirildi.

Taqdimot marosimiga oid fotosuratlar bugun etiboringizga havola qilinadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика