So’nggi yangiliklar

10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  1 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  1 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  6 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  0 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  4 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  6 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  6 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7

Buxoro va Qashqadaryo futbol faxriylari o'zaro kuch sinashishdi Yangiliklar

Buxoro va Qashqadaryo futbol faxriylari o'zaro kuch sinashishdi

Teglar :  QashqadaryoBuxoro
Bugun Buxoro shahridagi “Buxoro” sport majmuasida ikki qo'shni viloyat futbol faxriylaridan iborat jamoalar maydonga tushishdi.

SHuni alohida takidlash joizki, mehmonlarni Buxoro viloyati Futbol Federaciyasi vice-prezidenti To'ra Salimovich Qo'ldoshev boshchiligdagi mezbonlar katta ehtirom bilan kutib olishdi. Bundan faxriylarimiz juda mamnun bo'lishdi.

Har yili o'tkaziladigan O'zbekiston futbol faxriylari o'rtasidagi mamlakat birinchiligi saralash uchrashuvlari start olgan
 
Bugun ushbu birinchilik doirasidagi uchrashuvda ikki qo'shni viloyat futbol faxriylari jamoasi o'zaro kuch sinashishdi. Jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 1 oktyabr kuni Qarshida bo'lib o'tadi.

SHunisi diqqatga sazovorki, bugungi uchrashuvda viloyatimiz futbol faxriylaridan tuzilgan jamoa, raqiblari darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritishdi va ishonchli g'alabasini nishonlashdi. “Nasaf” jamoasining bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich uchrashuvda ikkita golga mualliflik qildi. Uchrashuvdagi bitta golni “Nasaf” jamoasining o'tmishdagi afsonaviy futbolchisi Zafar Xolmurodov kiritgan bo'lsa,  yana bir golni Ixtiyor Mardonov kiritdi.

Bugungi uchrashuvda viloyatimiz nomidan quyidagi futbol faxriylari maydonda harakat qilishdi.

Asliddin Hasanov, Nikolay Minchev, Nurali Sultonov, SHuhrat Toshpo'latov, Baxriddin Omonov, Dinmuhammad Qurbonnazarov, Dadajon Tog'aev, Ro'ziqul Berdiev, Obid Hamroev, Zafar Xolmurodov, Komil Yomg'irov.

Zahiradan quyidagi futbol faxriylari maydonga tushishdi: O'tkir Xoliqov, Ixtiyor Mardonov, SHuhrat Qiyomov. 

Endi faxriylarimiz javob uchrashuviga tayyorgarlik ko'rishadi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика