So’nggi yangiliklar

19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  0 18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  6 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  15 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0

"Buxoro": Ulug'bek Baqoevni tabriklaymiz! Yangiliklar

"Buxoro": Ulug'bek Baqoevni tabriklaymiz!

Buxoro futboli haqida gap ketganida, Ulug'bek Baqoev nomini ham eslab o'tish lozim bo'ladi.

Futbolchilik davrida to'purarlik mahorati evaziga minglab ishqibozlar qalbidan joy olgan Baqoev, joriy yil murabbiylikdagi dastlabki qadamlarini tashlab, bu borada ham qisman bo'lsada o'zini ko'rsatishga erishdi. «Buxoro»ning bu yilgi mavsumdagi ijobiy ishtirokida shubhasiz, Baqoevning hissasi beqiyosdir.

Bugun “Buxoro” futbol klubi bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoevning tug'ilgan kuni. Jamoamiz ustozi o'zining 40 yoshini qarshi olmoqda. SHu munosabat bilan “Buxoro” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va klubning barcha ishchi-xodimlari Ulug'bek Istamovichni tavallud ayyomi bilan muborakbod etadi.

U kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va mamlakatimiz futbolini rivojlantirish yo'lidagi fidokorona ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

“Buxoro”ning ajoyib ananalarini davom ettirish yo'lidagi say-harakatlar ijobiy samara beradi va bu o'zbek futboli obro'sini xalqaro arenalarda yanada yuqori ko'tarishga hissa qo'shadi deb ishonamiz. Umid qilamizki, Ulug'bek Istamovich qo'l ostida “Buxoro” futbol klubi kelgusida yorqin g'alabalar orqali yangidan-yangi marralarni zabt etadi.

Xurmatli, Ulug'bek Istamovich oila azolaringiz, yaqinlaringiz va barcha buxorolik futbol muxlislari baxtiga doimo sog' bo'ling! Siz bizning ardoqli kishilarimizdan birisiz! Zafarli g'alabalarda xamisha birga bo'laylik! Tilagimiz, har doim shunday elimiz ardog'ida bo'ling!

"Buxoro" matbuot xizmati.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика