"Buxoro" sobiq futbolchisi Serbiya jamoasiga o'tdi
17 fev 15:02
Yangiliklar
"Buxoro" sobiq futbolchisi Serbiya jamoasiga o'tdi
"Qizilqum" hamda "Buxoro" jamoalari sharafini himoya qilgan hujumkor yarim himoyachi Aleksandar Stanisavlevich faoliyatini o'z yurtida davom ettiradi.
"Qizilqum" va "Buxoro" sobiq futbolchisi Serbiyaning "Novi Dar" jamoasi bilan 2024 yilning yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Tajribali futbolchi o'tgan mavsum "Buxoro" tarkibida 27 ta o'yinda qatnashib, 3 ta to'p kiritgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.
Malumot o'rnida, "Novi Sad" klubi o'tgan mavsum Serbiya chempionatida 16-o'rinni band etgan edi.
Fikrlar