So’nggi yangiliklar

23:58Шквирин "Андижон"да  1 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  2 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  4 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  3 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  3 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  13 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  15 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  20 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  4 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  7

"Buxoro" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi oldidan murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Buxoro" - "Qo'qon-1912" uchrashuvi oldidan murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Buxoro shahrida bo'ladigan “Buxoro” – “Qo'qon-1912” jamoalari uchrashuvidan oldin har ikki jamoa bosh murabbiylari va bir nafardan futbolchilar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Bu haqda "Qo'qon-1912" matbuot xizmati xabar berdi.

No'mon  Hasanov: Barchangizni va barcha  muxlislarni boshlanayotgan futbol mavsumi bilan tabriklayman. Bu yilgi mavsumga biz 20-dekabrdan tayyorgarlik ko'rishni boshlaganmiz.Maqsadimiz futbolchilarimizni shu mavsumga yaxshi tayyorlash edi. Jamoamizni qanday tayyorlaganimizni bugungi o'yin ko'rsatadi. Tarkibimizda yo'qotishlar bor, lekin bu maqsadimizga to'sqinlik qila olmaydi.Tarkibimizdagi hamma futbolchilar teng, ular  bir-birlariga bemalol raqobat qila oladilar. Meni vazifam o'yinchilarni o'yinga to'g'ri tayyorlash. Men futbochilarimni bugungi o'yinga ruxan tayorlay oldim deb xisoblayman. Futbolchilarim meni ko'rsatmalarimni qanday qabul qilishdi , barchasini o'yin ko'rsatadi. Ertalab futbolchilarga maqsadimizni tushuntirdim, ular to'g'ri tushinishdi deb o'ylayman. Biz o'yinga tayyormiz, raqibdan qo'rqish yo'q. Futbolchilar bergan ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishsa , maqsadimizga albatta erishamiz. Biz doim faqat g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Bahodir Pardaev: Men Buxoroda 2016 yilda o'ynaganman. Men uchun bu shahar begona emas. SHaxsan No'mon aka Hasanovni takliflari bilan “Qo'qon-1912”ga kelganman. No'monakadek murabbiy bilan ishlashni barcha futbolchilar hohlashadi. Koreyada ham o'ynab keldim. Hozirda Qo'qonda o'ynamoqdaman , demak jamoa uchun borimni beraman. O'FA katta o'zgarishlarga qo'l urdi, chempionatimiz judayam qiziq bo'ladi deb o'ylayman. Hamma jamoadoshlarim natija uchun astoydil harakat qiladilar.  Barchamiz o'yinga tayyormiz, maqsadimiz Qo'qonlik muxlislarni xursand qilish.


Ulug'bek Baqoev:  Avvalo hamangizni chempionat boshlanayotgani bilan tabriklamoqchiman. Barcha jamoalarga omad tilayman. Bu yil superligada 12 ta jamoa ishtirok etadi, o'ylaymanki barcha o'yinlar shiddatli va qiziqarli o'tadi. Muxlislar chiroyli o'yinlar guvohiga aylanishadi.
Bugun birinchi o'yin, hammamiz insonmiz, hammada biroz hayajon bor.O'z uyimizda o'ynaymiz. Futbolchilarni psixologik jixatdan yaxshi tayoyrlashga harakat qildik. Bitta yo'qotish bor , Ergash Ismoilov jarohati bois bugun maydonga tusha olmaydi.
Qo'qon jamoasini yaxshi bilaman, judayam tartibli o'yin ko'rsatadigan, yuqori maqsadlarni ko'zlaydigan jamoa. Ularni bir nechta o'rtoqlik o'yinlarini ko'rdik. Jamoa menda yaxshi taassurot qoldirdi. Bugun og'ir o'yin bo'ladi.Ikkala jamoaga ham omad tilayman. Biz raqibni hurmat qilamiz. Maydonga esa faqat g'alaba uchun tushamiz.

Bahodir Nasimov: Hammani futbol bayrami bilan tabriklayman. Maqsadlarimiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. Bugun ham shu maqsadda maydonga chiqamiz.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика