So’nggi yangiliklar

22:35"Барса" ўз ярим ҳимоячиси билан шартномани бекор қилмоқчи  0 22:10"Бавария" Эзе учун курашга қўшилди. Ҳужумчи "Арсенал" сотиб олмоқчи эди  0 21:45Диас "Ливерпул"дан норози. Клуб берган янги шартнома шартлари футболчига ёқмаган  1 21:20"Айнтрахт" "Нюкасл"нинг Экитике бўйича берган катта суммали таклифини рад этди  0 21:08Туғилган кундаги машғулот: U-23 терма жамоаси йиғинларни бошлади  0 20:35"Навбаҳор"га ФИФА тақиқи қўйилган. Клуб айни дамда янги футболчиларни рўйхатдан ўтказа олмайди  9 20:05"Манчестер Юнайтед" "Лион" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  9 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  5 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  20 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   14 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9

“Buxoro” – “Paxtakor” o'yinidan oldin qiziqarli malumotlar Yangiliklar

“Buxoro” – “Paxtakor” o'yinidan oldin qiziqarli malumotlar

Xabaringiz bo'lsa kerak, 21 oktyabr, shanba kuni oliy liganing 25-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yindan oldin quyida etiboringizga qiziqarli malumotlarni taqdim etamiz.

Mazkur bahsni turning markaziy o'yini desak xato bo'lmaydi. CHunki Ulug'bek Baqoev shogirdlari o'z muxlislari qarshisida faqat va faqat g'alaba uchun maydonga chiqishi turgan gap. Tabiiyki “sherlar” ham safardan imkon qadar ochko bilan qaytish uchun borini beradi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasini muxlislarga ortiqcha tanishtirib o'tishning xojati bo'lmasa kerak. Oliy liganing doimiy ishtirokchilaridan biri bo'lgan “Paxtakor” O'zbekistonning 11 karra chempioni hisoblanadi. SHuningdek jamoa O'zbekiston Kubogini ham 11 marotaba qo'lga kiritgan.

“SHerlar” 2000 yilgi chempionatda eng past natijasini qayd etgan 7-o'rin.

Muxlislarga yaxshi malumki, ayni damda ushbu jamoani SHota Arveladze boshqarib kelmoqda. “Paxtakor” joriy yilgi chempionat o'yinlarida hozirgacha 44 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. 2-o'rindagi “Nasaf” hisobida esa 47 ochko mavjud. Bundan ko'rinib turibdiki, toshkentliklar kumush medallarini qo'lga kiritish uchun oxirigacha kurashadi. Lekin bu yo'lda ularga oson bo'lmasligi aniq. Sababi “sherlar”ni  oldinda “Bunyodkor” va “Lokomotiv”ga qarshi muhim o'yinlar kutib turibdi.  Malumot uchun SHota Arveladze shogirdlari chempionatning o'tgan turida o'z uyida “Qo'qon-1912”ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. “Buxoro” esa “SHo'rtan” maydonidan muhim uch ochko bilan qaytdi. 

“”Paxtakor” to'purari Igor Sergeev bo'lib turibdi. 24 yoshli hujumchining aktividagi gollari soni 10tani tashkil etmoqda. Xuddi shuningdek “Buxoro” hujumchisi Ivan Nagaev ham hozirgacha raqiblar darvozasiga 10ta to'p kiritgan.

“Buxoro” va “Paxtakor” jamoalari shu kunga qadar o'zaro 49 marotaba to'qnash kelgan. Bu borada yaqqol ustunlik toshkentliklar tomonida ekanligini ko'rish mumkin. Sababi “sherlar” 34ta o'yinda muvaffaqiyat qozongan bo'lsa, “Buxoro” jamoasi 6 uchrashuvda g'alaba qozongan. Qolgan 9ta bahsda tomonlar o'zaro durangga imzo chekkan. SHundan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, “Buxoro” o'zaro o'yinlarda jami 27 ochko to'plagan. “Paxtakor” hisobida esa 111 ochko mavjud.

 To'plar nisbati esa 34-105 ni ko'rsatmoqda. Buxoroliklarning “Paxtakor” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g'alabasi – 2:0. Aksincha “Paxtakor”da bu borada ko'rsatkich – 8:0 ekanligini ko'rish mumkin.


O'ZARO O'YINLAR TARIXIGA NAZAR

30.05.1992 yil

“Paxtakor” – “Nurashfon” 1:0

26.08.1992 yil

“Nurafshon” – “Paxtakor” 2:0

08.06.1993 yil

“Nurafshon” – “Paxtakor” 0:0

26.08.1993 yil

“Paxtakor” – “Nurafshon” 2:0

03.07.1994 yil

“Nurafshon” – “Paxtakor” 3:3

07.09.1994 yil

“Paxtakor” – “Nurafshon” 3:2

27.05.1995 yil

“Paxtakor” – “Nurafshon” 1:1

09.09.1995 yil

“Nurafshon” – “Paxtakor” 0:3

27.05.1996 yil

“Paxtakor” – “Nurafshon” 0:1

30.09.1996 yil

“Nurafshon” – “Paxtakor” 0:0

08.07.1997 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 1:0

16.08.1997 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0

21.06.1998 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 1:2

14.08.1998 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 5:2

23.05.1999 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1

26.10.1999 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2

14.06.2000 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 4:3

03.08.2000 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 3:2

27.07.2001 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1

17.11.2001 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 3:2

13.04.2002 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:5

02.11.2002 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:0

02.04.2003 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 2:3

07.10.2003 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 1:0

15.03.2004 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:3

05.11.2004 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 4:0

11.04.2005 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:8

02.11.2005 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0

11.06.2006 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2

05.08.2006 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:0

30.04.2007 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:1

21.10.2007 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 5:1

26.06.2008 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2

18.09.2008 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0

01.03.2009 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 3:0

09.11.2009 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 1:1

14.04.2011 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 1:0

24.09.2011 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:0

15.03.2012 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:1

21.11.2012 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 4:1

04.07.2013 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 1:0

04.08.2013 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1

15.05.2014 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:0

29.10.2014 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 4:0

03.04.2015 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 3:1

16.08.2015 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:2

01.04.2016 yil

“Buxoro” – “Paxtakor” 0:0

13.08.2016 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 1:1

12.05.2017 yil

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:1

21 oktyabr, shanba. 25-tur. 

“Buxoro” (Buxoro) – “Paxtakor” (Toshkent)

Bosh hakam: SHerzod Qosimov (Toshkent).

Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po'latov (Toshkent).

Zaxira hakami: Isoq Ibragimov (Nukus).

Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent).

O'zPFL vakili: SHerzod Rajabov.


“Buxoro” matbuot xizmati.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика